TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7496 4.5K
#internet

🎞📥 YouTube'dan videoning muayyan parchasini yuklab olish mumkinmi?

Agar YouTube'dagi uzun videodan qisqa parchani yuklab olishingiz kerak bo‘lsa, nima qilasiz? Katta ehtimol bilan siz ushbu videoni to'liq yuklab olasiz, keyin qurilmangizdagi maxsus dasturiy ta’minot yordamida kerakli qismini kesib olasiz. Ushbu vaziyatga boshqacha yondashib, kerakli parchani darhol yuklab olishingiz mumkin.

⚒ Kapwing – bu tasvirlar, videolar va GIF'larni yaratish va boshqarish uchun universal platformani ta’minlovchi yuqori samarali veb-xizmatdir. Agar sizda ishonchli Internet aloqasi mavjud bo‘lsa, unda istalgan joydagi istalgan qurilma yordamida ishlash sizga juda qulay bo‘ladi.

Kerakli parchani yuklab olish uchun:

1️⃣. Kerakli video rolikka bo‘lgan YouTube havolasini nusxalab oling.

2️⃣. Xizmat saytiga o‘ting, “Start editing” tugmasiga bosing va videoga tegishli havolani “Paste an image or video URL” maydoniga joylashtiring.

3️⃣. Onlayn video muharrir ishga tushiriladi. U brauzerning o‘zidan turib videoga ishlov berish bo‘yicha ko‘plab foydali uskunalarni o‘z ichiga oladi.

4️⃣. Ekranning pastki qismidagi yo‘lakchadan kerakli parchani kesib oling va “Export Video” nomli yashil tugma ustiga bosing.

Ishlov berish jarayoni tugallanganidan so‘ng faylni kompyuterga yuklab olish mumkin bo‘ladi. Xizmat bepul ishlaydi, ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng 3 ta videoni suv belgisisiz eksport qilish mumkin. Bu kabi xizmatlardan cheklovlarsiz foydalanish uchun ushbu postdagi Mail.tm bir martalik anonim elektron pochtasidan foydalanish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 13
  • 👎 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →