📺 Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish
FPS (frame per second) — o‘yin jarayoni kadrlar buferidagi tasvirning yangilash chastotasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi. Windows 10'da esa faollashtirilishi oson bo‘lgan ichki o‘rnatilgan FPS hisoblagichi mavjud.
Buni amalga oshirish tartibi quyidagicha:
1️⃣.
WIN + G klavishlari birikmasini bosamiz.2️⃣. Game Bar'da “Производительность” bo‘limini ochamiz.
3️⃣. “FPS” bandi ustiga bosamiz.
4️⃣. “Запросить доступ”ga bosamiz.
5️⃣. Kompyuterni qayta yuklaymiz.
6️⃣. O‘yinni ishga tushiramiz va “Производительность” bo‘limini ochamiz.
Hammasi shunday iborat! Buning natijasida nafaqat FPS, balki GPU (videokarta), CPU (protsessor) va RAM (operativ xotira)ning ham yuklanganlik darajasi ko‘rinadigan bo‘ladi.
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
• O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
• Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija