#bilasizmi #game #software
🕹 Ushbu postimiz ko‘proq “Gamer”lar uchun! Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
FPS (frames per second) – har bir soniyadagi kadrlar soni deb tushunsangiz bo‘ladi. Keling buni oddiyroq qilib tushuntirishga uritib ko‘ramiz.
Video nimadan tashkil topgan deysiz, ha, rasmlardan. Ya’ni siz ko‘rayotgan videoning har bir soniyasida nechtadir rasm almashadi. Videoni “silliq”, ya’ni ko‘rayotganingizda hech qanday to‘xtalishlarsiz, qotishlarsiz tomosha qilsangiz, demak bu videoda FPS'lar soni yuqori bo‘ladi. Yuqoridagi video bunga yorqin misoldir.
📝 Manba: IT'da nima gap?
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6416
4.57K