#operatsion_tizim #linux #maslahat
📀 Xubuntu — eski kompyuter yoki netbuklar uchun
Ubuntu'ning ushbu versiyasi yengil va resurslarni iste’mol qilishda kamtarin bo‘lgan Xfce qobig‘iga asoslanadi. Uning talabchanligi juda past va shu bilan birga oson sozlanadi. Agar sizda Windows yordamida boshqarilishi mushkul bo‘lgan biror kompyuter yoki netbuk bir chetda ishsiz yotgan bo‘lsa, unga Xubuntu'ni o‘rnatish orqali ikkinchi hayot ato etishingiz mumkin.
Ushbu distributiv tizim resurslarini kam iste’mol qiladi va deyarli har qanday konfiguratsiyada ishlashga qodir.
➕ Afzalliklari: juda tez va yengil tizim bo‘lib, shu bilan birga o‘zining katta opasi bo‘lmish Ubuntu bilan bir xil paket va ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
➖ Kamchiliklari: garchi nisbatan kamroq xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, LXDE yoki i3 kabi qobiqlar Xfce'ga nisbatan tezroq, shuning uchun haqiqatan ham eski mashinalar uchun ularni tanlash ma’qulroqdir.
✔️ Alternativlari: Ubuntu MATE — MATE qobig‘i konservativ ruhda yaratilgan, u juda yengil va kompyuterni ortiqcha yuklamaydi. Shu bilan birga u juda ko‘plab imkoniyatlarga ega. Lubuntu — bu LXDE/LXQT'ga asoslangan yanada tezroq tizim: kamroq sozlamalar, ko‘proq ish samaradorligi. Puppy Linux — bu ixcham “cho‘ntak” distributivi bo‘lib, u hatto 300 MB operativ xotiraga ega shaxsiy kompyuterda ham ishlay oladi.
📥 Xubuntu'ni yuklab olish.
Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7264
3.51K