TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7247 3.44K
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 elementary OS — noutbuk uchun

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, Linux'ning ushbu versiyasi juda sodda tuzilgan. Uni o‘zlashtirishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, u noutbuklarda oson ishga tushiriladi. Bundan tashqari, batareya quvvatini sekin iste’mol qiladi.

elementary OS interfeysi macOS'ni eslatib yuboradi, shunday ekan, distributivdan foydalanish Mac ishqibozlari uchun yoqimli bo‘ladi. Animatsiyalar, oynalar bezatilishi — bu yerda hamma narsa shunchalik silliq va chiroyliki, shunchaki tizimga mahliyo bo‘lishingiz aniq. Shunga qaramay, chiroyli elementary OS qobig‘ining ortida ish uchun zarur bo‘lgan barcha ilovalarni qo‘llab-quvvatlovchi to‘laqonli Linux yotadi.

elementary OS'ning so‘nggi Hera versiyasi ko‘plab yangiliklarni qabul qilib oldi, ulardan eng diqqatga sazovorlari — qorong‘u rejim, “tasvirdagi ichidagi tasvir” qalqib chiquvchi oynasida videolarni tomosha qilish imkoniyati va macOS'dagi kabi sensorli panel imo-ishoralarining qo‘llab-quvvatlanishidir.

➕ Afzalliklari: chiroyli interfeys, indi-ilovaladan iborat shaxsiy do‘kon.

➖ Kamchiliklari: Pantheon grafik qobig‘i garchi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, unchalik funksional emas. Sozlamalari kamroq.

✔️ Alternativlari: Pop!_OS, Ubuntu'ga asoslangan distributiv. U oynalarni tashkil qilishning xususiy Pop Shell tizimiga ega, u avtomatik ravishda ekrandagi oynalarni eng samarali tarzda tartibga soladi. Shu tufayli Pop!_OS ultrabuklar va transformerlarning kichik ekranlarida ham yaxshi ko‘rinadi.

📥 elementary OS'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 👏 1
  • 😁 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →