TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7233 3.17K
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 openSUSE – stol usti shaxsiy kompyuterlari uchun

Ushbu tizim Germaniyaning Novell kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tizim bilan ishlashni endigina boshlaganlar uchun distributiv yetarlicha soddadir. openSUSE KDE grafik muhitini qo‘llaganligi tufayli, u stol usti shaxsiy kompyuterlari uchun asosiy tizim sifatida juda mos keladi.

Ko‘pchilik Linux distributivlarining falsafasi shundan iboratki, bir vosita faqat bir aniq vazifani bajarishi lozim. Natijada esa bu jabhada yangilar ko‘pincha tizimni kerakli darajada ishlashi uchun nimani va qanday dasturda qilish kerakligini tushunishmaydi. openSUSE soddalik va qulaylik uchun ushbu tamoyildan voz kechdi. Uning o‘ziga xos jihati — YaST deb nomlanuvchi dastur bo‘lib, u tizimni bir oynada to‘liq sozlab olish imkonini beradi.

YaST'da repozitoriylarni qo‘shish, disk bo‘limlarini boshqarish, distributivning tashqi ko‘rinishini sozlash, yangi dastur va paketlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Dastur mantiqiy tuzilgan bo‘lib, siz hech qachon kerakli menyu bandini yo‘qotmaysiz.

Distributiv ikki yangilash rejimiga ega: Leap (Ubuntu'dagi kabi barqaror) va Tumbleweed (Arch'dagi kabi eng qiziqarli yangilanishlarga ega o‘zgaruvchan reliz). Shunday ekan, sizga tizim barqarorligi va yangi xususiyatlar orasidan birini tanlash qoladi xolos.

➕ Afzalliklari: qulay YaST sozlamalar menejeri, keng paketlar assortimenti, KDE ilovalarining ajoyib to‘plami.

➖ Kamchiliklari: standart distributivda ko‘plab kodeklar va xususiy drayverlar mavjud emas — bu litsenziya talablari bilan bog‘liq. Muammoni hal qilish uchun tizim o‘rnatilganidan so‘ng ular alohida qo‘lda o‘rnatilishi mumkin.

✔️ Alternativlari: Kubuntu — tarkibida KDE'ga ega eng mashhur distributivlardan biri, uning grafik muhiti Desktop'larda foydalanish uchun idealdir. U Ubuntu'ga asoslangan va bu sizda ilovalar mos kelishi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligini anglatadi. Yana bir variant, KDE'ning so‘nggi versiyalarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun — KDE Neon.

📥 openSUSE'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 6
  • 🔥 3
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →