TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7171 4.17K
#smartfon #hardware

🔋 Zaryadsiz bir hafta: smartfonlarda quvvatni tejash rejimlari haqida

Quvvatni tejash rejimi anchadan buyon smartfonlarning aksariyatida mavjud. Gap shundaki, quvvatni tejash rejimida turli xil usullarning mavjudligi, ayrim foydalanuvchilar uchun tanlovni qiyinlashtirishi mumkin.

Zamonaviy smartfon uchun bir kun zaryad olmasdan ishlash normaga aylandi. Albatta, qurilmadan qanday foydalanishingizga qarab, u bir necha kunni tashkil qilishi ham mumkin. Bundan tashqari, agar xohlasangiz, smartfoningizni faqat so‘zlashish uchun “oddiy telefonga” ham aylantira olasiz va bu holatda batareya quvvati bir haftaga ham yetadi.

Smartfoningiz sozlamalaridagi “Batareya” bo‘limi barcha quvvatni tejaydigan Sozlamalar uchun “markaz” bo‘lib, bu yerda siz quvvat sarfi statistikasini ko‘rishingiz va quvvat tejash rejimlaridan birini yoqishingiz mumkin.

Bo‘limning yuqori qismida qurilmaning kun davomida ishlatilishiga asoslanib, qolgan ish vaqti haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu sizga quvvat qancha muddatga yetishini tushunishga imkon beradi. “Optimallashtirish” tugmasini bosish bilan smartfon joriy sozlamalarni tekshiradi va muammo deb topilganlarini o‘zgartirishni taklif qiladi, masalan, ekranning kutish vaqtini kamaytirish yoki avtomatik sinxronlashni o‘chirish.

Ushbu bo‘limda quyidagi quvvatni tejash rejimlari mavjud:

“Maksimal”
, “O‘yin” rejimi kabi, turli xil smartfonlarda turlicha nomlanadi. Bu quvvat tejash emas, aksincha, quvvat sarflaydigan holatlar uchun qo‘llaniladi. Masalan, o‘yinlarni yuqori grafikada o‘ynash uchun, smartfon o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ishlatadi va shu sabab batareya nisbatan tezroq sarflanadi.

“Standart” yoki “Optimallashtirilgan” quvvatni tejash rejimida, ilovalarning orqa fondagi faolligini cheklash va ayrim bildirishnomalarini o‘chirish, ekran yorqinligini pasaytirish, avtomatik sinxronlashni o‘chirish va ayrim smartfonlarda protsessor ishlash quvvati ham pasaytirilishi mumkin. Smartfonimizda batareya quvvati kam qolganda (5-10%), odatta ushbu rejim avtomatik ishga tushadi. Ushbu rejim qancha muddatga quvvatni tejashini aniq aytish qiyin, lekin taxminan 1,5-2 soat o‘zimda sinalgan holat.

“Ultra” rejimi, sizga smartfon asosan aloqada bo‘lish juda muhim bo‘lgan holatlarda as qotadi . Ya’ni smartfoningizni qo‘shimcha funksiyalarini o‘chirib, faqat so‘zlashish uchun “oddiy telefonga” aylantiradi. Lekin, qo‘shimcha sozlamalar orqali, ba’zi bir ilovalardan (Internet, Diktofon kabi) foydalanish ham mumkin. Odatta, ushbu rejimda ekran rangi kulrang yoki qoraga o‘zgaradi va ish stoli ham maxsus ko‘rinish oladi.
Ushbu rejim eng maksimal quvvatni tejab bera oladi va qurilmadan qanday foydalanishingizga qarab bir haftagacha zaryad olmasdan foydalanishingiz mumkin.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar:
• Nima uchun smartfon batareyasi tezda tugaydi?
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 12
  • 🔥 4
  • 👎 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →