#excel
🔐 Excel'da ishchi kitobi tuzilmasini himoyalash
Muayyan yacheykalarni tahrirlashdan himoyalash va faylni ochishda parol so‘raydigan qilib himoyalashdan tashqari, yana bir opsiya mavjud – bu ishchi kitobi tuzilmasini himoyalashdir.
Uning yordamida ularni o‘chirish, berkitish/ko‘rsatish, qayta nomlash va shunchaki list yorliqchalari o‘rnini bir-biriga nisbatan almashtirish kabi fayl listlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday o‘zgartirishlarni bloklash mumkin. Himoyani parol bilan yoki parolsiz faollashtirish mumkin.
Bunday ko‘rinishdagi himoyani o‘rnatish jarayoni postimiz ostiga biriktirilgan video ko‘rsatmada batafsil keltirilgan👇🏻🎞.
📝 Manba: @excel_everyday
📌 P.S.: Bunday turdagi himoyalashdan foydalanib, parolni unutgan taqdiringizda, ishchi kitobi va listlardagi himoyani olib tashlash xususida ushbu postimizda batafsil so‘z yuritilgan. Buni faylni ochishda so‘raladigan parolni o‘chirish uchun deb tushunmang, bunday turdagi himoyani buzish juda mushkul va ehtimol, imkonsizdir.
👆🏻Ushbu post buzg‘unchilik qilish maqsadida emas, balki kimgadir ishchi kitobida o‘zi tomonidan o‘rnatilgan va ehtiyotsizlik tufayli yoki vaqt o‘tishi bilan unutilgan parolni olib tashlash uchun ulashilgan, to‘g‘ri tushunasiz, degan umiddamiz.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7138
7.87K