🤔 UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?
Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.
Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.
Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun
WIN + R tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32 buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija