TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7003 4.03K
#operatsion_tizim #security

🚫 Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli

Windows brandmaueri
(Брандмауэр Windows) — operatsion tizim tarkibida keluvchi bepul himoya vositasi. Ammo biror dasturni o‘rnatish paytida halaqit bermasligi yoki boshqa antivirus dasturiy ta’minoti bilan birgalikda ishlab, muammo yuzaga keltirmasligi uchun ba’zida uni o‘chirib turishga to‘g‘ri keladi.

Buni amalga oshirishning ikki usuli xususida so‘z yuritamiz:

1️⃣. Пуск menyusining qidiruv satriga Брандмауэр Защитника Windows matnini kiritamiz va ushbu votita oynasini ekranga chaqiramiz. Oynaning chap panelida Включение и отключение брандмауэра Защитника Windows bandi ustiga bosamiz. Uni barcha tarmoqlar uchun o‘chirib qo‘yamiz.

2️⃣. Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring. Ushbu vositani o‘chirib qo‘yish uchun netsh advfirewall set allprofiles state off buyrug‘idan foydalaning. Vositani qayta faollashtirish uchun buyruqning oxiridagi off'ni on'ga o‘zgartiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
• Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin?
• Windows'ga yangilanishlar kelib tushishi (Windows Update)ni faollashtirish
• Windows Update haqida qiyosiy hazil
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →