TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6439 4.38K
#operatsion_tizim

🔄 Windows'ga yangilanishlar kelib tushishi (Windows Update)ni faollashtirish

Windows'ning yangilangan fayllari foydalanuvchiga Центр обновлений yordamida kelib tushadi. Ushbu opsiya Microsoft'ning rasmiy saytidan yangi paketlar mavjudligini avtomatik ravishda tekshiradi, ularni yuklab oladi va kompyuterga o‘rnatadi.

Agar oldinroq u yoki bu sabablarga ko‘ra (ko‘pchilik buni Internet trafigini tejash uchun, ba’zilar esa tizimning joriy ishlashi ularga ma’qul bo‘lib, yangilanishlar tufayli sekinlashib qolishini oldini olish uchun faolsizlantiradi) yangilanishlar kelib turishi opsiyasini o‘chirib qo‘ygan bo‘lib, hozir esa uni faollashtirish istagida bo‘lsangiz, u holda buni keltirilgan ushbu usullardan biri yordamida amalga oshirishingiz mumkin.

1️⃣. Командная строка (Buyruq satri)ni administator nomidan ishga tushiring va uning oynasida quyidagi buyruqni bajaring: net start wuauserv.

2️⃣. CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Службы (Xizmatlar) oynasida alfavit tartibida wuauserv'ni izlab toping, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan Запустить bandini tanlang.

📝 Manba: @pcTeapot

📌 P.S.: Shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizda Windows Update opsiyasidan foydalanib kelasizmi?

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
• Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin?
• Windows Update haqida qiyosiy hazil
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →