TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6842 4.11K
#operatsion_tizim

↗️ Windows yorliqlaridan strelkachalarni olib tashlash

Ishchi stolidagi yorliqlarning rasmlarida kichik o‘lchamdagi strelkalar mavjudligiga ko‘pchilik ahamiyat bergan bo‘lsa kerak. U bizning qarshimizda turgan bu belgi biror fayl yoki papkaning yorlig‘i ekanligini bildirib turadi.

Kichik reyestr tvikini qo‘llagan holda biz yorliqlardagi strelkalardan xalos bo‘lib, faqat rasmning o‘zini qoldirishimiz mumkin. Buning uchun WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga regedit buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosish orqali “Редактор реестра” oynasini ishga tushiring.

Ochilgan oynada quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer.

Agar mavjud bo‘lmasa “Shell Icons” quyi bo‘limini (qo‘shtirnoqlarsiz) yarating, uning tarkibida esa bo‘sh qiymat bilan “29” nomli satrli parametrni yarating. “Проводник” jarayonini qayta ishga tushiring.

Agar strelka o‘rniga sizda kvadratning bo‘sh konturi aks etib tursa, u holda “29” nomi bilan yaratilgan parametr uchun qiymat sifatida ushbu ikonkaning joylashgan manzilini va vergul bilan ajratgan holda 0 raqamini kiriting. Masalan, C:\blank.ico,0.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →