TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6750 4.3K
#operatsion_tizim

🚮 Windows 10'da keraksiz tizim xatoliklari xotira dampini o‘chirish orqali joy bo‘shatish

Windows BSoD'ni ovlaganida, tizim uzilishga qadar faol jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘ziga jamlagan maxsus faylni yaratadi. Bunday ma’lumot muammolarni bartaraf etishda, masalan, tizim ishidagi uzilishlarga olib kelayotgan drayverni aniqlashda foydalidir.

Ammo bu fayl diskda 800 Mb'ga qadar joy egallashi mumkin. Shuning uchun agar Siz ushbu ma’lumotlardan foydalanish istagida bo‘lmasangiz, ular bekorga joy egallab yotaveradi. Bor yo‘g‘i bir juft buyruqlarni bajarish orqali, ularni o‘chirish usuli mavjud:

1️⃣. Командная строка (Buyruq satri)ni ekranga chaqir WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritamiz (ENTER'ni bosishga shoshmay turamiz).

2️⃣. CTRL + SHIFT + ENTER klavishlari birikmasini bosamiz.

3️⃣. del /f /s /q %systemroot%\memory.dmp buyrug‘ini bajaramiz (ENTER).

4️⃣. Xohishga ko‘ra, del /f /s /q %systemroot%\Minidump\*.* buyrug‘ini bajarish (ENTER) orqali mini damp fayllarini ham o‘chiramiz. Katta dampdan farqli o‘laroq, u(lar) faqat uzilish(lar) haqidagi asosiy ma’lumot(lar)ni o‘z ichiga oladi.

Hammasi mana shu qadamlardan iborat! Agar barchasini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, damp fayl(lar)ining muvaffaqiyatli o‘chirilgani haqida yozuv(lar) paydo bo'ladi.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →