#ict_news #internet
Agar eslasangiz, Facebook kompaniyasi o‘z nomini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandik, kerakli on keldi va bu sodir bo‘ldi.
🔄 Facebook nomlanishini Meta'ga o‘zgartirmoqda, ushbu qaror kompaniya rebrendingi taqdimotida e’lon qilindi
Shu tariqa, Facebook kompaniya uzoq vaqtdan beri nafaqat birgina ijtimoiy tarmoq, balki WhatsApp, Instagram, Oculus va boshqa aktivlarning egasi ekanligini namoyish etish niyatida.
Facebook kompaniyasining yangi logotipi va yangi nomlanishini Mark Sukerberg quyidagicha izohladi:
“Bizning pirovard maqsadimiz hamon o‘sha — insonlarni birlashtirish. Ilovalarimiz brendlari (ya’ni nomlanishlari, logotiplari) o‘zgarmaydi. Yangi nom biz bosib o‘tgan butun yo‘lni va biz qurmoqchi bo‘lgan kelajakni aks ettiradi. Endi biz shunchaki Facebook ijtimoiy tarmog‘i bo‘lib qolishni istamaymiz... Men bizni meta borliq (meta-universe)ni ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida qabul qilishlarini istayman”.
📌 P.S.: Bloomberg bergan ma’lumotga ko‘ra, Facebook Meta'ga qayta nomlanganidan so‘ng sarmoyadorlar kanadalik Meta Materials ishlab chiqaruvchisi bilan kompaniyalar nomlarini adashtirib, uning aksiyalarini 26%'ga ko‘tarib yuborishgan.
📝 Manba: @NovostiUZ
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #6623
4.17K