TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6561 4.33K
#ict_news #internet

🔄 Facebook o‘z nomini o‘zgartirishi kutilmoqda

Facebook kelasi haftada kompaniya nomini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Shu tarzda uning bosh direktori Mark Sukerberg “meta-universe”ni yaratishga o‘z e’tiborini qaratmoqchi. Bu haqda Verge portali ma’lum qildi.

Sukerberg 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Connect konferensiyasida bo‘lajak imidj o‘zgarishi haqida gapirishni rejalashtirmoqda.

“Rebrending Facebook ilovasini Instagram, WhatsApp, Oculus va boshqalar kabi guruhlarni boshqaradigan bosh kompaniyaning ko‘plab mahsulotlaridan biri sifatida belgilashi mumkin. Facebook vakili bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi”, — deb yozadi gazeta.

Facebook'da 10 mingdan ziyod xodimlari bor, ular AR ko‘zoynagi kabi iste’mol uskunalarini yaratadilar. Sukerbergning fikricha, bu kabi ko‘zoynaklar oxir-oqibat smartfonlar kabi hamma joyda ishlatiladi.

Iyul oyida u The Verge nashriga bergan intervyusida, kelgusi bir necha yil mobaynida “bizni odamlar birinchi navbatda ijtimoiy media kompaniyasi sifatida qabul qilishdan “meta-universe” kompaniyasiga o‘tamiz”, deb aytgandi.

Rebrending, shuningdek, Sukerbergning Facebook ijtimoiy tarmog‘ining bugungi kundagi ijtimoiy platformasi qanday ishlashiga e’tibor qaratgan futuristik ishini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

O‘tgan yozda Sukerberg “meta-universe” uchun maxsus guruh tuzdi. Yaqinda Facebook Yevropadagi “meta-universe”da ishlash uchun yana 10 ming xodimni yollash rejasini e’lon qildi.

““Meta-universe” diqqat markazida bo‘ladi va menimcha, bu mobil Internetdan keyin Internet qanday rivojlanayotgani haqidagi keyingi fikr-mulohazalarning muhim qismi bo‘ladi. Va menimcha, bu biz uchun kompaniyamizning ikki kara o‘sishiga keyingi katta bo‘lim bo‘ladi”, — deydi u.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →