TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6520 5.06K
#mulohaza_uchun

💡 O‘ZIGA ISHONCH – MO‘JIZAKOR KUCH! (2-qism)

Ushbu maqolaning 1-qismi

Boshqalarga yordam bering.

Hayotda kuchli bo‘lish va o‘ziga ishonishning yaxshi yo‘llaridan biri – boshqalarga yordam berish. Bu orqali biz o‘zimizning kuchli jihatimizni his qilamiz.

O‘zingizdagi ojiz nuqtaga tikilavermasdan, odamlarga kuchli jihatlaringizdan saboq bering. Ana shu jarayotda o‘zingizga bo‘lgan ishonch oshib boradi.

O‘zingizni asrang.

O‘z-o‘zini asrash, bu xudbinlik emas. O‘ziga ishonch aslida yaxshi jismoniy holat hamda hissiy salomatlikning uyg‘unligi. Mashq qiling, yaxshi va sog‘lom ovqatlaning, o‘z vaqtida dam oling.

Shu bilan birga, kiyinishga ham e’tiborli bo‘ling. Odam nafaqat odobi, balki kiyimi bilan ham ko‘rkam. Qolaversa, soch turmagi, tozalik, tish-tirnoq holati ham nazoratda bo‘lsin.

O‘zingizni munosib ko‘ring.

O‘ziga ishonchi past odamlarning katta xatolaridan biri – boshqalarni yoki raqiblarini o‘zlaridan ustun va biror nimaga munosib ko‘rishlaridir. O‘zingizga ularning sizdan ustun jihati yo‘qligiga ishontiring.

Muvaffaqiyatlarni eslang.

Ko‘pchilik muammo va tashvishlar girdobida o‘tmishdagi imkoniyatlarini unutib qo‘yadi. Maktab yoki kollejdagi g‘oliblik onlari, universitetdagi zafarlarni yodga oling. Kichik bo‘lsa ham, muvaffaqiyatlardan kuch oling. Hayotingizning ijobiy lahzalarini unutmang.

Kelajagingiz to‘g‘risida o‘ylang.

Hayotdan nimani talab qilyabsiz? Bu savolga javob topish uchun qulay fursat toping. Hayotingizni boshqalar uchun yashamang va quvvatingizni, vaqtingizni ana shu javob uchun sarf qiling. Kuch-quvvatingizni odamlar fikrini o‘zgartirishga behuda sarf qilmang.

“Bu ishni qanday qilib uddalasam ekan-a?” deyish o‘rniga “Bu ishni uddalash faqat mening qo‘limdan keladi”, deyishga odatlaning.

G‘oliblar bilan suhbatda bo‘ling.

Muvaffaqiyatli insonlar bilan suhbatda bo‘lar ekansiz, ular ham aslida siz kabi oddiy odamlar ekaniga ishonasiz. Ana shu ishonch maqsadga erishishga yordam beradi. Ayniqsa, bunday odamlar g‘alabaga qadar boshlaridan kechirgan muammo va qiyinchiliklarni hikoya qilar ekanlar, sizga bitmas-tuganmas ilhom bahsh qiladilar.

XULOSA

Bu dunyoda ko‘pchiligimizni eng ko‘p mag‘lub qiladigan dushman, bu – ichimizdagi qo‘rquv. G‘oliblarda ham qo‘rquv bo‘ladi. G‘oliblarda ham shubha-shumon bo‘ladi. Ular ham tashvishga tushadilar. Faqat g‘oliblar bu hislar ularni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Ishonchning mo‘jizaga aylanishi uchun his-tuyg‘uning o‘zi yetarli emas. Yuqoridagi jihatlar sizni harakatga boshlasagina, ishonch mo‘jizaviy kuchga aylanadi.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →