TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6364 4.21K
#operatsion_tizim

🗑👀 Qurilmalar drayverlarini ko‘rish va o‘chirish

Barchamizga ma’lumki, kompyuterimizga biror qurilmani ulagan paytimiz, uning drayverini ham o‘rnatish talab etiladi, aksariyat qurilmalarning drayverlarini tizimning o‘zi aniqlab, avtomatik o‘rnatib beradi.

💿 Plug'n'Play texnologiyasi bilan keluvchi qurilmalarda virtual disk hosil bo‘lib, u orqali uning drayveri o‘rnatib olinadi, ba’zi eskiroq qurilmalarda esa drayverlari katta va kichik hajmdagi alohida disklarda keladi.

⚠️ Ushbu holatda qurilmadan keyinchalik foydalanishingiz / foydalanmasligingizdan qat’i nazar, drayver tizimda o‘rnatilgan holida qolib ketaveradi.

💡 Tizimga barcha o‘rnatilgan drayverlarni ko‘rish, shuningdek ularni o‘chirish yoki INF fayllari orqali yangilarini qo‘shish uchun github.com tomonidan taqdim etiluvchi Driver Store Explorer dasturidan foydalanish mumkin.

📋 Ushbu yordamchi dastur minimalistik interfeysga ega bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi va foydalanish uchun soddaligi bilan ajralib turadi. Dastur ishga tushirilganida tizimdagi drayverlar mavjudligini skanerlaydi va drayver turi, nashr etuvchisi, versiyasi, ishlab chiqilgan sanasi va diskda egallagan joyini ko‘rsatib o‘tuvchi ro‘yxatni shakllantirib beradi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →