TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5802 6.59K
#maslahat #mulohaza_uchun

Kompyuter qarshisida qanday o‘tirish kerak? 💻🪑

Agar ish faoliyatingiz kompyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga eʼtibor qarating. Yo‘qsa, bu umumiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.

• Klaviatura shunday joylashishi kerakki, matn terish uchun qoʻllaringiz yuqoriga koʻtarilmasin. Shu oʻrinda simsiz klaviaturalarning oʻta qulay ekanligini alohida taʼkidlash kerak. Ularni istalgan joyga va oʻzingizga qulay koʻrinishda joylashtirishingiz mumkin. Agar klaviaturani pastroqqa joylashtirish imkoni boʻlmasa, oʻzingiz balandroq kursiga oʻtiring.

• Klaviaturaning ustiga bukchayib olmang, bu tirsakdagi ogʻriqqa sabab boʻladi. Yelkalarni boʻsh qoʻying, boshingizni baland tuting, tirsaklarni ikki yonga qulay joylashtiring.

• Kompyuter sichqonchasi klaviaturaga shunday yaqin boʻlishi kerakki, uni olish uchun choʻzilishga hojat qolmasin.

• Monitor koʻzingiz bilan bir balandlikda yoki undan birozgina pastda boʻlsa yetarli. Iyakni yuqoriga koʻtarib ishlash boʻyin ogʻrigʻiga sabab boʻladi.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Kompyuter qarshisida to‘g‘ri o‘tirish qoidasi
• Salomatlik uchun 18 foydali maslahat
• Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim
• Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
• Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
• Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari
• Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
• Internet odoblari
• Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
• Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
• Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi
• Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?
• Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb
• Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →