TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5775 6.77K
#maslahat #internet #sport

10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda 🏃🏻‍♂️‍

Yugurish va yurishni ommalashtirish uchun rejalangan platforma ishga tushibdi. Xullas 1hls.uz saytiga kirasiz, iOS yoki Android uchun mobil ilovani yuklab olasiz. Tegishli ustunlarni to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tasiz.

O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi. Qarabsizki 5600 so‘mning yarmidan ko‘pi “есть уже”, kambag‘allikdan chiqasiz. 😉

Platforma soat 00:00 dan 23:59 gacha hisoblaydi. Izohlarda kimlar ishga tushdi, hisoblayapti dedi, kimlardir “чота не работает” deyapti. Xullas o‘zingiz sinab ko‘ring. Menga yuborish shartmas. O‘sha yerda izoh qoldirsangiz bo‘ladi. Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:
• tuman (shahar)da — 300 ming so‘m;
• viloyatlar va Toshkent shahrida — 500 ming so‘m;
• Respublika bo‘yicha — 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

👉🏻 Mana shu yerdan boshlang

📝 Manba: @Zafarbek_Solijonov

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• RunKeeper mobil ilovasi
• 7 Minute Workout mobil ilovasi
• Abs 21 mobil ilovasi
• Fitify Workouts mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →