TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5773 13.9K
#smartfon #maslahat

🔋 Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya

Ba’zida eng noqulay vaqtda telefonning quvvati kam qolganini ko‘ramiz. Ekranda 20% dan kam quvvat qolgani haqida xavotirli bildirishnoma paydo bo‘ladi, ammo biz haliyam telefonni ishlatishga muhtoj bo‘lamiz, deb yozadi Aniq.uz.

O‘QING: Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video)

Ko‘pchilik smartfonni zudlik bilan o‘chirish va zarur paytda yoqishni maslahat beradi. Masalan, har 15 daqiqada kimdir qo‘ng‘iroq qilgani yoki yozgan-yozmaganini tekshirib ko‘rish mumkin. Ammo bu xato. O‘chirish va yoqish paytida ortiqcha energiya sarfi yuz beradi va natijada smartfon yanada tezroq quvvatsizlanadi.

Nima qilish kerak? 🤔

1️⃣. Ortiqcha funksiyalarni o‘chirib qo‘ying. Bular: GPS, Bluetooth, Wi-Fi yoki mobil aloqa, ekranni avtomatik teskari qilish funksiyasi, ikkinchi SIM-karta.

2️⃣. Telefonni energiya tejovchi rejimga o‘tkazing (sozlamalarda).

3️⃣. Ortiqcha dasturlarni yoping. Buning uchun bosh ekranga o‘ting va pastdagi kvadratcha ustiga bosing (smartfon modeliga qarab farqlanishi mumkin), keyin esa ishlatmayotgan dasturlaringizni faolsizlantiring.

4️⃣. Vidjetlarni o‘chiring. Hatto oddiy ob-havoni ko‘rsatuvchi vidjet ham batareya energiyasini iste’mol qiladi.

5️⃣. Ovoz va vibratsiyani o‘chiring. Kutilmagan qo‘ng‘iroq ortiqcha energiya sarfiga sabab bo‘lishi mumkin.

6️⃣. Yorqinlik darajasini pasaytiring.

7️⃣. Aloqa tipini 4G dan 3G ga, iloji bo‘lsa 2G'ga o‘zgartiring. Internet tezligi pasayadi, ammo bu messenjerlardan xabar olish uchun yetarlidir.

8️⃣. Muhim xabar yoki qo‘ng‘iroqni kutayotgan bo‘lsangiz, qurilmani aviarejimga o‘tkazing va vaqti-vaqti bilan chiqarib turing.

9️⃣. Kuchli temperaturadan qoching. Sovuqda smartfonni tanangizga yaqin tuting. Gadjetingizni juda issiq makonda qoldirmang.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
• Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
• Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
• Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
• Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
• iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
• Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
• Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
• Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
• Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
• Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →