TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2761 4.58K
​​#smartfon #maslahat

📱Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas? 🔋

Smartfonni 100 foiz quvvatlash — akkumulyator uchun zararli. Bu haqda “Mail.ru Hi-Tech” rahbari Dmitriy Ryabinin ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, bu yerda muammo qurilma to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng elektr tokidan vaqtida uzib qo‘yilmasligidir.

— Smartfon quvvat olib bo‘lganidan keyin ham elektr tokida qolsa, akkumulyatori kuchini 100 foizda saqlab qolish uchun to‘yinishda davom etadi, ya’ni tarmoqdagi kuchlanish oqibatida qizib boraveradi, — dedi Ryabinin.

Ekspert smartfon ekranida quvvat 90 foizga yaqinlashgani haqida xabar paydo bo‘lganidan keyin quvvatlash moslamasini tokdan uzib qo‘yishni tavsiya qildi.

Yana qo‘shimcha qilinishicha, akkumulyatorni “o‘tirib qolgunicha” ishlatib, keyin o‘chiq smartfonni tokka ulash ham akkumulyator umrini qisqartiradi.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →