#maslahat #mulohaza_uchun
KOMFORT ZONASI 🌴
Komfort zonasi (qulaylik hududi) – bu ajoyib, tinch va osoyishta joy. Faqat bitta narsa - u yerda hech narsa o‘smaydi.
Ko‘proq narsalarga erishish uchun komfort zonasidan tashqariga chiqish lozim.
Biz yashayotgan dunyo dahshatli va oldindan aytib bo‘lmasdir. Barqarorlikka erishgan kishi, uni yo‘qotishdan qo‘rqadi. Shu sababli, odamlar imkon qadar uzoq vaqt davomida o‘zlarining xavfsiz joylarida qolishga qaror qilishadi.
Biroq, yangi narsalarni uchratishdan qo‘rqish, oldinga siljishimizga to‘sqinlik qiladi.
Bir joyda to‘xtab siz o‘sishdan, oldinga siljishdan to‘xtaysiz. Stress yo‘q, lekin o‘zgarishlar ham yo‘q.
Ko‘p narsalarga erishgan odamlar chegaralarni surib qo‘yishni yaxshi ko‘radilar va shaxs sifatida rivojlanish uchun qancha chegaralarni bosib o‘tish mumkinligini bilishadi.
Siz ham shuning uchun o‘zingizga jasorat topishingiz va oldinga bir qadam tashlashingiz kerak. Ha, qo‘rqinchli bo‘ladi, qulay ham emas. Faqatgina, ilk qadamni bosmaguningizcha.
O‘zgarish vaqt va kuch talab qiladi. Ammo, ular bunga arziydi.
KOMFORT ZONASIDAN NEGA CHIQISH KERAK?
Bilamizki, hozir texnika, texnologiya asri. Aynan shu asrda komfort zonasida qolish yana ham xavfli bo‘lib qolmoqda. Masalan, yaqin o‘n yillikda ba’zi sohalarni robotlar egallashi kutilmoqda. Masalan, buxgalteriya sohasini aynan shunday istiqbol kutmoqda. Komfort zonasidagi buxgalter ishsiz qolishini xayoliga ham keltirmaydi. Komfort zonasidan tashqariga chiqqan buxgalter esa ham boshqa sohani o‘rganadi, ham o‘zini taraqqiy ettiradi. Zamon talabiga qarab u ham ishini o‘zgartiradi. Bu bir kichik misol edi, bunga yana ko‘plab misollarni keltirish mumkin…
XULOSA
“Samolyotga yerda to‘xtash qulay ammo u parvoz uchun yaratilgan!”
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Yaqinlaringizga ham ulashing!
📝 Manba: @Norbekovmarkazi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #5769
4.91K