TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5747 6.49K
#word #excel #powerpoint

MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz 📄

Aytaylik, o‘zingiz uchun notanish bo‘lgan biror kompyuter (yoki o‘z shaxsiy kompyuteringiz) qarshisiga ish yuzasidan o‘tirdingiz va unda Word, Excel yoki PowerPoint dasturidan birini ishga tushirishingiz lozim, biroq siz bu kompyuterda dasturni ishga tushiruvchi yorliq aynan qayerda joylashganini bilmaysiz va uni izlashingiz kerak.

Bunday vaziyatda kompyuter ishga tushgani zahoti ishchi stolining o‘zidan boshqa hech qayerga chalg‘imasdan, WIN + R klavishlarini bosish va ochilgan “Выполнить” oynasiga mos ravishda winword | excel | powerpnt buyruqlaridan keraklisini kiritib, ENTER'ni bosish maqsadga muvofiqdir.

Natijada siz bir zumda kerakli dasturlardan birini ishga tushirasiz va yangi hujjat bilan ishingizni boshlaysiz. Ushbu tryuk MS Windows operatsion tizimi va Office paketining istalgan versiyasida ishlaydi.

❗️Agar MS Office paketi yoki uning tarkibidagi siz so‘rov berayotgan dasturlardan biri o‘rnatilgan bo‘lmasa, u holda shunchaki xatolik oynasiga duch kelasiz va bu orqali o‘zingiz uchun dastur kompyuterda bor-yo‘qligi haqida tezkor xulosa chiqarasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
• Namoyish vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →