TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5724 4.21K
#excel

Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin? 🤔

Faraz qilamiz, bizda ism va familiyadan iborat bo‘lgan bir nechta yacheykalar mavjud, biroq siz filtr qo‘llab, ma’lumotlarni saralash maqsadida ism va familiyani alohida ustunlarga ajratmoqchisiz deylik.

Bunday vaziyatda kerakli yacheykalar diapazonini belgilab, menyu satrida Данные → Текст по столбцам vositasiga murojaat etiladi.

Ochilgan maxsus oynada Далее tugmasini bosamiz, so‘ngra ajratuvchi belgini tanlaymiz (probel, defis, vergul va hokazo) va so‘nggi bandda Готово tugmasini bosamiz.

Natijada ismlar dastlabki ustunda qoladi, familiyalar esa — qo‘shni ustunga o‘tkaziladi.

🎞 Текст по столбцам vositasi va transponirlash haqida ushbu postimizdagi video ko‘rsatma orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →