TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5415 5.6K
#excel

Ikki diapazon o‘rtasidagi farq va qaytarilishlarni solishtirish ↔️

Ba’zida, Excel bilan ishlash vaqtida ikki ro‘yxatni solishtirish va ulardagi mos keluvchi va farq qiluvchi elementlarni aniqlash zarurati yuzaga keladi. Buni amalga oshirishning eng tez va intuitiv tushunarli bo‘lgan usuli esa quyidagicha:

— 1-qadam
CTRL klavishini ushlab turgan holda solishtirilayotgan ustunlarni belgilaymiz.

— 2-qadam
Menyu satrida quyidagilar bo‘ylab o‘tamiz: Главная (Home) → Условное форматирование (Conditional Formatting) → Правила выделения ячеек (Highlight Cells Rules) → Повторяющиеся значения (Duplicate Values...).

— 3-qadam
Ochiluvchi ro‘yxatdan Уникальные (Unique) variantini tanlaymiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →