TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4926 12.6K
#operatsion_tizim

Windows 10'ning “Проводник” oynasi sarlavhasida papkalarning joylashgan manzilini ko‘rsatish 📁

Qoida bo‘yicha, istalgan papkani ochganimizda, Проводник oynasi sarlavhasida faqar joriy papkaning nomlanishini ko‘ra olamiz. Ushbu oynada manzil satri (Адресная строка, F4)ning o‘ngrog‘idagi bo‘sh soha ustiga bossak, papkaning to‘liq joylashgan manzilini ko‘rishimiz mumkin.

Agar sarlavhada papka joylashgan manzil doimiy ko‘rinib turishini istasangiz, unda bu uchun Проводник oynasining Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting. So‘ngra menyu tasmasining o‘ng qismidagi Параметры tugmasini bosing.

Ochilgan oynada yana Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting, so‘ngra Выводить полный путь в строке заголовка bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnatib, kiritilgan o‘zgartirishni Применить ва OK tugmalari yordamida tasdiqlang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows'da fayl kengaytmalarini ko‘rinadigan holatga keltirish
• Windows uchun Fences dasturi
• Total Commander kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →