TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4602 15.7K
#operatsion_tizim #software

Windows uchun Fences dasturi 🗂

🖥 Qo‘llab-quvvatlanuvchi OT: Windows 10, 8, 7, Vista
📀 Razryadlik: x86/x64
🏳️ Interfeys tili: ingliz/rus
🗓 So‘nggi yangilanish: 2019
🔑 Davolash: Arxiv tarkibida Patch-fayl mavjud
🏢 Ishlab chiqaruvchi: Stardock Corporation
🌐 Rasmiy veb-sayt: https://www.stardock.com/products/fences/

Dastur haqida

Fences (Fensis) – Ishchi stoli (Рабочий стол)dagi belgi (иконка)larni, ularning kategoriyalari (papkalar, fayllar, dasturlar, havolalar va boshq.) bo‘yicha guruhlash uchun xizmat qiluvchi yordamchi dastur.
Dastur avtomatik ravishda Ishchi stolining tarkibini bloklarga ajratgan holda tartibga soladi, bunda bloklarning har birining tashqi ko‘rinishini sozlash, ya’ni qayta nomlash, shakli va o‘lchamini o‘zgartirish, bloklarga belgilarni qo‘shish, ularning shaffofligini o‘zgartirish, shuningdek qo‘llanilmayotgan belgilarni berkitish mumkin.

Bundan tashqari, Fences yordamida skrinshotlar olish va ekranning masshtabini o‘zgartirish mumkin. Xohishga ko‘ra ushbu yordamchi dasturni – Ishchi stolidagi barcha fayl va papkalar belgilangan qoidalarga ko‘ra avtomatik ravishda guruhlanadigan qilib sozlash mumkin.

Stardock Fences dasturining imkoniyatlari

Ishchi stolidagi belgilarni tartibga solish uchun Fences bir nechta funksiyalarni taklif etadi:

🔹“Bloklarni” yaratish – bu o‘z kategoriyasiga (papkalar papkalar bilan, dasturlar dasturlar bilan, fayllar fayllar bilan) mos tarzda belgilarni o‘z ichiga oluvchi Ishchi stolidagi qoraytirilgan sohalardir. Foydalanuvchi bloklarning o‘lchami, nomini o‘zgartirishi va hattoki ularni siljitishi, shuningdek o‘z kategoriyalarini yaratishi mumkin;

🔸Barcha belgilarni tezkor berkitish imkoniyati – ekranning bo‘sh qismiga sichq. chap tugmasini ikki marta bosish orqali ularni berkitish va qayta ko‘rsatish mumkin;

🔹Ikki guruhlash rejimi: avtomatik va qo‘lda guruhlash. Foydalanuvchiga tanlash uchun ishchi stoli elementlarini joylashtirishning 8 uslubi taqdim etiladi. Qo‘lda guruhlash rejimida foydalanuvchi bloklarning joylashuvi va shaklini o‘z xohishiga ko‘ra sozlashi mumkin;

🔸Fences'ni Windows'ning Проводник'iga integratsiyasi – bu orqali tizim resurslari tejaladi va dastur bilan ishlash soddalashadi;

🔹Bloklarni papkalarga biriktirilishi – ushbu holatda blokda qattiq diskdagi papkaning tarkibi ko‘rinib turadi.

Ishchi stolida mavzulashtirilgan bloklardan iborat bir nechta profillarni yaratish va ular o‘rtasida o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu funksiya yordamida, masalan, bloklarni nima uchun belgilanganligiga qarab ajratish mumkin. Shunchaki qulaylik uchun o‘rnatilgan o‘yinlar, audio va video dasturlardan iborat modullarni, multimediali tarkibga ega papkalarni, doimiy qo‘llaniluvchi amaliy DT va ishlash uchun zaruriy fayllarning alohida joylashishini sozlab olish mumkin.

Davolash va rusifikatsiya qilish amaliyoti

Fences ishchi stolidagi tartibsizlikka chek qo‘yishda yordam beradi. Dastur pullik hisoblanadi, so‘nggi versiyasi 3.05 indeksida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2017 yili – ingliz tilida taqdim etilgan.

Uni “davolash” uchun, u o‘rnatilganidan so‘ng barcha oynalarni yopish va yordamchi dasturni ishga tushirmay turib, patchni dastur o‘rnatilgan papkaga nusxalab o‘tkazish lozim. Shundan keyin ushbu fayl administrator nomidan ishga tushiriladi va “Patch” tugmasi bosiladi. Keyingi qadamda kompyuter qayta yuklash, dasturning Tarmoqqa chiqishini cheklash talab etiladi va ro‘yxatdan o‘tgan versiyadan zavq bilan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Rus tilini qo‘llab-quvvatlanishi Stardock Fences Pro 1.01.143 (2011)'da joriy etilgan. Davolash amaliyoti murakkab emas – buning uchun dastur o‘rnatilganidan so‘ng shunchaki arxivdagi ishga tushiruvchi faylni dastur o‘rnatilgan papkaga nusxalab o‘tkazish va faylning o‘rniga-o‘rin yozilishiga ruxsat berish talab etiladi.

📎 Kompyuter uchun Fences dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →