TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4737 16.1K
#mulohaza_uchun #maslahat

Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a! 📚

1. Miyaning qarishini sekinlashtirish;
2. Ishdan so‘ng hordiq chiqarish;
3. Lug‘aviy boylikni oshirish;
4. Tezroq fikrlashni boshlash;
5. Tahlil qilish va diqqatni bir joyga jamlashni o‘rganish;
6. Uyquni yaxshilash;
7. Ilhomlanish;
8. Vaqtichog‘lik qilish;
9. Chet tilini o‘rganish.

Bu borada Alimoff Team barcha uchun yangi yil sovg‘asini tayyorlabdi!

Jamoa Uolter Ayzeksonning xalqaro bestseller bo‘lgan “Innovatorlar: Bir guruh daholar, xakerlar va giklar qanday qilib raqamli inqilobni amalga oshirdilar“ nomli kitobini ilk bora o‘zbek tiliga o‘girdi.

Stiv Jobs haqidagi kitobidan keyin Uolter Ayzekson, kompyuterlar va Internetni yaratgan odamlar haqida hozirda tarjima qilinib ommaga ilk bora taqdim etilayotgan ajoyib kitobni yozgan. Bu raqamli inqilobning turli bosqichlari va orzularga qanday erishish haqidagi hikoya. Kitob XIX asrning qirqinchi yillaridan boshlab, kompyuterda dasturlash tamoyillarini birinchi bo‘lib topgan ayol – Ada Lavleys bilan boshlanadi.

Buyuk raqamli inqilobchilar haqida so‘zlaydigan ushbu kitob, yoshlarimizga juda katta motivatsiya bo‘lib, kasb tanlashda yo‘l chirog‘i bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bu ishlarni jamoa xolis amalga oshirib kelmoqda. Bundan hech qanday tijoriy maqsad ko‘zlanmagan.

📥 Kitobni PDF va EPUB formatlarida yuklab olishingiz mumkin.

📌 P.S.: Kitob kanalimiz mavzusiga yaqin bo‘lganligi uchun, biz ham kanalimiz muxlislari bilan ushbu ajoyib kitobni bo‘lishishga qaror qildik. Marhamat, mutolaa qiling, do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring, asosiysi, kirib kelgan yangi 2021-yilda doim salomat bo‘ling! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →