#mulohaza_uchun
BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (2-qism) ☺️
Ushbu maqolaning 1-qismi
Ehtimol, adabiyot va ijod odamlarining uzoq yillar baxtli va sog‘lom hayot kechirishlarining sababi shudir, deb o‘ylab qolaman. Axir, ular yozayotgan, kuylayotgan yoki chizayotgan asarlarida aksariyat qahramon va syujetlarni o‘z hayotlaridan oladilar, o‘zlarini tarannum qiladilar, muammo va tashvishlarini bayon qiladilar. Yillar o‘tib ijodkor o‘sha asarini qo‘lga olganida esa o‘zining zalvorli umrini eslaydi, baxtiyorlik hissidan zavqlanadi.
Yaxshi insonlar davrasida bo‘lish
Ba’zan baxtiyorliging bois tabassum qilasan, ba’zida esa tabassum qilganing bois baxtiyorsan, deyishgan donolar. Ruhshunoslar baxt hissining “yuqumli” bo‘lishini aytishadi. Baxt hissi insondan insonga yuqadi! Bu – haqiqat!
Yon-atrofida yaxshi insonlar ko‘p bo‘lgan, bu davralarga tez-tez qo‘shilib turadigan kishilar hayotning har lahzasini sevib, shukr qilib ham bag‘rikeng bo‘lib yashashga harakat qiladilar.
Agar sizga ijobiy kayfiyat ulasha oladigan, kezi kelganda tarbiya qiladigan yaxshi do‘stlaringiz bo‘lsa, ular uchun ko‘proq vaqt ajrating.
Harvard universiteti ruhshunoslarining fikricha, insonlarning mashaqqatli hayoti va baxtga erishuviga bag‘ishlangan mazmunli filmlar tomosha qilish ham insonning ichki baxtiyorligini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirar ekan.
Dunyoda na baxtiyorlik, na azoblanish degan narsa yo‘q. Insonning bir holatini ikkinchi holatiga qiyoslash bor, xolos. Eng chiroyli baxtni eng og‘ir azobni boshdan kechirganlar his qiladi. Hayotning naqadar go‘zalligini bilish uchun o‘lim bilan yuzma-yuz kelish lozim, degan ekan atoqli adib Aleksandr Dyuma.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4718
6.69K