TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4635 6.63K
#mulohaza_uchun

G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (1-qism) 🏆

G‘alaba qozonganlar, milliardlab mablag‘ topayotganlar aslida hech qanday serh-jodu ishlatmaydilar. Ular shunchaki tushkunlikda asir bo‘lishmaydi, o‘z hayotlarini nazorat qila oladilar va ertangi kun bugungidan ko‘ra yaxshi bo‘lishi uchun mehnat qiladilar. Ular eng yaxshi, eng kuchli bo‘lishga intiladilar, maqsadni aniq qo‘yib, mehnatdan qochmaydilar. Ilg‘or tashabbuslar bilan chiqadilar, innovatsiyalar yordamida odamlar hayotida qulayliklar yaratishga intiladilar. Muvaffaqiyatning asosi ham shunda.
Muvaffaqiyat qozongan insonlarni obdon o‘rganib chiqsak, ularga xos quyidagi odatlar va hayotiy qoidalarga guvoh bo‘lamiz.

Yomon narsa haqida o‘ylashmaydi.

Aslida, sizu biz to‘qnash kelgan yomon narsalar – bizning o‘y-fikrlarimiz mahsuli. Ular tez xulosa chiqarish to‘g‘ri emasligini ham yaxshi bilishadi. Ular odamlardan shubhalanishmaydi. Balki odamlarning ishonchini qozonish uchun bor iqtidorini ishga soladilar.

Hech qachon yolg‘on gapirmaydilar.

Ular sarob sanalmish yolg‘onlardan yiroq va xotirjam yashashga intilishadi. Agar inson ijobiy xulqli bo‘lsa, u odamning ko‘ziga tik qarab, samimiy gaplashadi. Muammolarini hal qilish uchun o‘zini oqlamaydi, yolg‘on to‘qimaydi.

Xafagarchiliklarni uzoq muddat eslab yurmaydilar.

Chunki ular qalbdagi gina-kudurat, xafagarchilik salbiy hissiyotlarga sabab bo‘lishini yaxshi bilishadi. Shuning uchun xafagarchiliklarni darrov unutishga, voqeaning mohiyatini anglab, uning o‘zini esdan chiqarishni odat qilishadi.

Ular mayda detal va tafsilotlarni doimo esda tutishadi.

Ma’lumki, hayotdagi uncha-muncha mayda voqea-hodisalar oson unutiladi. Biroq omadli insonlar bunday qilishmaydi. Ular o‘zlarining buyuklikka erishishlariga hissa qo‘shgan har qanday yaxshilikni qadrlaydi, yodda tutishadi. Shu bilan birga, kichik xatolarni ham yodida saqlaydilar. Va omad ana shunday xulosalar yig‘indisi ekanini yaxshi bilishadi.

O‘z ishlariga doim mas’uliyat bilan qarashadi.

Ular o‘z baxtining me’mori o‘zlari ekanliklarini, o‘zlari bilan bog‘liq barcha narsalarga o‘zlari javob berishlari shart ekanini yaxshi bilishadi. Omadli odamlar hech qachon kechikmaydi, avtomobillar tirbandligini bahona qilib, o‘zlarini oqlashga urinmaydilar.

Ular uchun muammoning o‘zi yo‘q.

Muvaffaqiyatli odamlarning fikricha, muammolarni odamlarning o‘zi chaqirib oladi. Shuning uchun bu g‘oliblar munosib yashalsa, muammosiz yashash mumkin, deb biladilar va hayot murakkabliklari haqida ortiqcha bosh qotirmaydilar. Ular hayotdagi turli g‘ov-to‘siqlarni yetgib o‘tib, eng yaxshi narsalarga erishishlarini yaxshi bilishadi. Ular o‘z mehnatlari qadriga yetadi va imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intiladilar.

Qiyin vaziyatga tez moslashadilar.

Ko‘pchilikning fikricha, hayot barbod bo‘lgan umidlar, omadsizlikka uchragan g‘oyalar, daydib yuradigan taqdirlar makoni. Biroq omadli odamlar imkonsiz narsa yo‘qligini, har qanday vaziyatda inson o‘ziga mos sharoitni yaratishi mumkinligini yaxshi biladilar.

Ular mukofot uchun ishlashmaydi.

Ular qilingan og‘ir va mashaqqatli mehnatlari kun kelib, albatta, mukofotlanishini kutib o‘tirishmaydi. Ular qat’iy va bir maromdagi intilishlari bilan maqsad cho‘qqisini zabt etishadi. Muvaffaqiyat haqida ko‘p o‘ylamaydilar, balki o‘ylash uchun ketadigan vaqtlarini ham mehnatga sarflaydilar.

Umidsizlikka berilmaydilar.

Eslab qoring: ijod va ilhom kabi muvaffaqiyatlar ham dangasalik va umidsizlik sabab barbod bo‘ladi. Omadli odamlar tevarak-atrofdan ilhom oladilar, ruhlanadilar hamda katta ishtiyoq bilan o‘rganadilar. Shu bois ular umid bilan yashashni odat qilganlar.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →