#mulohaza_uchun
TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (2-qism) 🎯
Ushbu maqolaning 1-qismi
Tadqiqotlarga ko‘ra, bizning taqdirimizda quyidagi uch muhim yo‘nalishdagi qarorlarning o‘rni juda yuqori ekan:
– diqqat-e’tiborni nimaga qaratishga oid qarorlar;
– hayotingizda muhim ahamiyatga ega narsalarga oid qarorlar;
– xohish-ehtiyojlar uchun qilingan qarorlar.
Psixologiya kitoblarida yozilishicha, inson miyasida qaror qabul qiluvchi ichki tizim o‘z ishini amalga oshirishda quyidagi besh asosga suyanadi:
1) sizdagi qat’iy ishonch va ong osti qoidalaringiz;
2) sizning hayotiy qarashlaringiz;
3) sizning tavsiyalaringiz;
4) odatda siz beradigan savollar;
5) sizning hissiy holatingiz.
Shu bois, xalq orasida “Daraxtni hech qachon qishda arralama. Vaziyat keskinligida salbiy qaror qabul qilma. Muhim qarorni kayfiyating yomonligida chiqarma. Idrok qil. Kut va sabrli bo‘l”, degan naql bor.
Biroq, aksariyat odamlar bu tizimni o‘rnatishda idrokka suyanmaganliklari evaziga muntazam muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘laveradilar. Bizdagi qaror qabul qilish tizimiga odatda ota-onamiz, tengdoshlarimiz, o‘qituvchilarimiz, media, reklama, yoki umuman ayrim hollarda mentalitet katta ta’sir o‘tkazadi.
Ko‘rinib turibdiki, qaror qabul qilish ham mahorat hisoblanadi. Qaror qo‘rquv yoki majburiyat mevasi bo‘lishi kerak emas. U tafakkur, ilm va ishonch mevasi. Muvaffaqiyatli hayot ortida aslida kimningdir jur’atli qarorlari yotganini unutmang.
Ruhshunoslarning aytishlaricha, hayotimizning har daqiqasida ongli qarorlar qabul qilish orqali bu tizimni bekor qilish va uni qayta tuzish imkoni har doim o‘zimizda qoladi.
Biz o‘zimizdagi noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan qo‘rqish hissidan g‘olib kelishimiz kerak. Hayotda qancha ko‘p qaror qabul qilsangiz, bu sizning hayotingiz nazoratingiz ostida ekanini anglatadi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, o‘rganish va xulosa qilish xato qilish hissidan xalos qiladi.
Unutmang, hayot – yo mardlarcha qilinajak sayohat yoki hech narsa!
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #4418
7.32K