TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4412 12.1K
#mulohaza_uchun

TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (1-qism) 🎯

Lotereya o‘ynamay turib, Xudodan yutuq so‘ragan odam to‘g‘risidagi latifani barchamiz eshitganmiz. Bugun ko‘pchilikning hayoti ham ana shu latifada tasvirlangan syujetga o‘xshab qolgan. Ertani yaratish uchun bugun qanday yashayapmiz, degan savolga o‘zimizcha javob izlab ko‘raylik.

Hayotni muvaffaqiyatli yashash, to‘g‘ri yo‘naltirish istagidagi odam har daqiqani qo‘lga oladi, harakatini, hislarini, vaqtini nazorat qiladi. Taqdirimizni belgilaydigan omil har-har zamonda, hafsala qilganda nima bilandir mashg‘ul bo‘lish emas, balki nima bilandir muntazam mashq qilishdir. Harakatlar qarorlarimiz bilan hisoblashadi. Sen taqdiringni aslida o‘zingga sezilmas lahzalarda qurayotgan bo‘lasan.

Yana takror aytaman: g‘oliblik ham, mag‘lublik ham aslida bir hodisa va qahramon ham, qurbon ham o‘zingiz bo‘lasiz. Siz hayotda kimning rolini o‘ynashni aniq belgilab oling. Hayotda kim bo‘lishga qaror qilish – muvaffaqiyatning ibtidosi. Ana shunda sizdagi xohish majburiyatga, kuchli istakka aylanadi.

Inson o‘zining nimaga munosib ekanini bilmas yoki eng munosib sharoitga mos ko‘rmas ekan, uning hayotda nomunosib rolga munosib ko‘rilish ehtimoli oshib ketadi. Ya’ni, hayotda o‘z o‘rnini bilmagan odamda nojoiz xatti-harakat va fe’l-atvor shakllana boshlaydi.

Siz hoziroq yangi qaror qabul qiling, ertangi kunda o‘zingizni kim deb tasavvur qilishingizni o‘ylang va o‘sha yerda bo‘lish uchun bugundan hammasini o‘zgartiring.

Maktab yoki kollejda, talaba bo‘lgunga qadar barchamizning diqqatimiz bir nuqtaga qaratiladi – bu mandat doskasidagi hal qiluvchi chiziq. Biroq, aksariyat yoshlar talabalik yillarida mana shu shijoatni yo‘qotib qo‘yishadi. Qaysidir daqiqalarda ularning qilgan xato qarorlari pand beradi. Misol uchun, ko‘pchiligimiz talaba bo‘lishimiz bilan kitoblardan uzoqlashib ketamiz – bu ham qaror. Shu bois universitetga yuqori ball bilan kirganlarning barchasidan ham yuqori malakali mutaxassislar chiqmaydi.

Aytmoqchimanki, har bir qaror, yangi odat, turmush tarzimiz bizning keyingi taqdirimizga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. To‘g‘ri qarorga kelish esa ko‘zlangan natijaga erishishni anglatadi. Hadeb odamlarning fikrini hisobga olib qaror chiqarish oxir-oqibat ularning quliga aylanishingizga olib keladi.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →