TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4326 25.4K
#bilasizmi #smartfon

Smartfondagi 32 Gb xotiraga taxminan qancha ma’lumot yozib bo‘ladi? 🗄

Berilgan raqamlar o‘rtacha hisobda va taxminiy olingan, undan tashqari, smartfon xotirasi to‘liqligicha foydalanuvchi ma’lumotlari uchun ajaratilmagan. Tizim va ilovalar uchun joy ham umumiy xotiradan ajratiladi, bu haqida kanalimizda ma’lumot berilgan.

🖼 Rasm
Agarda rasmning hajmini o‘rtacha 4 Mbayt deb olsak, unda 1 Gbayt xotiraga o‘rtacha 256 ta rasm sig‘adi. Turli xil xotira sig‘imiga ega bo‘lgan smartfonlar qancha rasm sig‘dirishi mumkin:

• 32 Gbayt = 8192 rasm
• 64 Gbayt = 16384 rasm
• 128 Gbayt = 32768 rasm

🎞 Video
Bir daqiqali videoning hajmi ko‘pgina omillarga bog‘liq - piksellar soni, video va audio bitreyti va hokazolar. Ammo o‘rtacha hisobda 1 Gbayt smartfon xotirasi, Full HD (1920 × 1080) sifatda 18 daqiqali video va HD (1280 × 720) sifatda 26 daqiqali videoni sig‘dira oladi.

32 Gbaytlik telefon xotirasiga, YouTube uchun 800 dan ortiq qisqa videoroliklar yoki 1,5-2 soatlik Full HD sifatda 10 ta to‘liq metrajli filmlar sig‘adi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, video sifatiga qarab fayllar ko‘proq joy olishi mumkin.

🎧 Musiqa
320 Kbit/s
bitreytga ega bo‘lgan MP3 kengaytmali fayl o‘rtacha 2 Mbaytni tashkil etadi. 1 Gbayt xotiraga, taxminan 8,5 soatlik uzluksiz tinglashga mos keladigan, 512 daqiqali musiqa sig‘adi. Shunday qilib, turli xil xotiraga ega smartfonlar sizga quyidagi davomiydikdagi musiqani tinglashga imkon beradi:

• 32 Gbayt = 272 soat
• 64 Gbayt = 544 soat
• 128 Gbayt = 1088 soat

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon xarakteristikasida uning xotirasi 32 GB ko‘rsatilgan, lekin nega sozlamalarda bo‘sh hajmni kam ko‘rsatadi?
• Smartfon uchun xotira kartasini qanday tanlash kerak?
• Xotira (microSD) kartalaridagi uchrab turadigan muammolar va "LOST.DIR" papkasi nima?
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →