TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #4227 14.5K
#bilasizmi #smartfon

Smartfon uchun xotira kartasini qanday tanlash kerak? 🤔

Ertami-kechmi, aksariyat foydalanuvchilarda smartfon uchun xotira kartasini sotib olish va uni qurilmaning ichki xotirasini kengaytirish uchun ishlatish masalasi yuzaga keladi.

Avvalo, xotira kartalari bir-biri bilan nafaqat unga yozilishi mumkin bo‘lgan ma’lumot (fotosuratlar, videolar, hujjatlar, ilovalar va boshqalar) miqdori yoki hajmi bilan, balki undagi ushbu ma’lumotlarning yozish va o‘qish tezligi bilan ham farq qilishini bilishingiz kerak.

Hajmiga qarab kartalar microSD, SDHC va SDXC turlariga bo‘linadi:
• microSD: 2 dan 4 Gb gacha, ular deyarli muomaladan chiqarilgan. Ushbu kartalar microSD, SDHC yoki SDXC ni qo‘llab-quvvatlaydigan barcha qurilmalarda ishlaydi.
• microSDHC: katta hajmli kartalar – 4 dan 32 Gb gacha.
• microSDXC: yuqori hajmli kartalar – 32 Gb va undan yuqori (hozirda 2 TB gacha bo‘lgan kartalar mavjud).

📍Kartaning turi odatda uning old tomonida maxsus belgi bilan ko‘rsatiladi.

Tezlik klassi
Xotira kartalari ma’lumotlar bilan ishlash tezligida farq qiladi. Tezligiga qarab, ular klasslarga bo‘linadi: 2, 4, 6, 8 va 10. Ushbu raqamlar yozish va o‘qish tezligini bildiradi: 2 Mbit/s dan 10 Mbit/s gacha va undan yuqori.

Tezlik klassi kartaning old tomonida "S" harfiga raqam bilan ko‘rsatiladi.
Quyidagi rasmda: chapdagi karta 10 Mbit/s tezlikda ishlaydi, o‘ng tomondagi esa 4 Mbit/s (albatta, tezlik qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi).

UHS standartini qo‘llab-quvvatlash
Ultra High Speed
(UHS) standarti – bu yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. UHS texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi kartalar megabit o‘rniga sekundiga o‘nlab megabitlarda o‘lchanadigan tezlikka ega. Barcha UHS texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi kartalar – 10 klass hisoblanadi.

UHS standarti bo‘yicha tezlik, kartaning old tomonida "U" harfi ichida yozilgan raqam bilan ko‘rsatiladi: 1 yoki 3. Birinchi holda, karta ma’lumotlar bilan 10 Mbit/s yoki undan yuqori tezlikda ishlaydi. Ikkinchisida - 30 Mbit/s tezlikda.

Xotira kartasini qanday tanlash kerak?
Avvalo, xotira karta asosan nima uchun ishlatilishini hal qilishingiz kerak: kamerada videolarni yozish, rasmlar va boshqa ma’lumotlarni saqlash yoki o‘yinlar va ilovalarni o‘rnatish uchun.
Aytaylik smartfon kamerasida video yozib olish uchun kartangiz qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yuqori sifatli video yozishingiz mumkin.
Masalan, videoni HD yoki Full HD formatida yozish uchun sekundiga 4 dan 30 Mbit'gacha bo‘lgan yozish tezligi ega karta kerak bo‘ladi. Ammo videoni 4K formatida yozib olish kartadan sekundiga 10 dan 60 Mbit'gacha tezlik talab qilinadi.

📍Xotira kartasini tanlashdan oldin, qurilmangiz qo‘llanmasini ko‘ring va qaysi turdagi xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlashini bilib oling.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →