TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3884 19.2K
#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim

Chiziqchaning turlari

Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim ma’lumotga ega bo‘lasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham ko‘pincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning o‘ndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning o‘zi yetarli bo‘ladi.

1️⃣. Defis (-)
Defis — bu so‘zlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft so‘zlar, takror so‘zlar orasida, ba’zi qo‘shimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun ham defis qo‘llanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

🏷 Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

2️⃣. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap bo‘laklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ingl. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi.

🏷 Misol:
Til — bu millat g‘ururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yo‘nalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

3️⃣. Qisqa tire (o‘rtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo bo‘lganiga 10-15 yil bo‘ldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng bo‘lgani uchun “en-desh” (ingl. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar ko‘lamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan bo‘sh joy tashlamay yoziladi.

🏷 Misol:
3–4 dona, 1941–1945 yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.

📌 P.S.: Quyidagi jadvalda hammasi soddaroq qilib tushuntirilgan.👇🏻

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
• Telegram'da yoki Telegram-da? (apostrof ( ’ ) belgisi haqida)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • ❤ 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →