TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3831 16.6K
#operatsion_tizim #word #internet

Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2) 🤫

Ushbu postimizning 1-qismida Sizdan buni amalga oshirishning yana qanday yo‘li borligi haqida so‘ragan edik. Ushbu savolga batafsil javobni esa mana bu maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin.

📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan maqolamizga qo‘shimcha yana bir maslahat, iloji bo‘lsa dastur yorliqlari uchun klaviatura birikmalarini ishchi stolidagi yorliqlarga nisbatan emas, balki Пуск menyusida joylashgan yorliqlarga nisbatan o‘rnating, chunki ish stolidagi yorliqning kimdir tomonidan o‘chirib yubotilishi ehtimoli kattadir.

Пуск menyusida joylashgan dasturlarning yorliqlari va papkalariga tezkor murojaat etish uchun Win + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasidagi matn kiritish satriga quyidagi yo‘nalishni kiriting: C:\ProgramData\Microsoft\Windows\Start Menu\Programs va Enter klavishini bosib tasdiqlang. Ochilgan oynadagi dasturlarning yorliqlari bilan yoki papkalariga kirib, ko‘rsatmamizga muvofiq harakatlarni amalga oshiraverasiz. Buning Sizga foydasi tegadi, degan umiddamiz! 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →