TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2711 3.38K
#mulohaza_uchun

ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (2-qism) 🤔

Ushbu maqolaning 1-qismi

Albert Eynshteyn. Olimning bolaligi og‘ir o‘tgan. U to‘rt yoshga kirganidagina gapira boshlagan va yetti yoshida yozishni o‘rgangan. O‘qituvchilari unga nuqul tayinli odam bo‘la olmasligini, esi pastligini aytib hafa qilishgan. Lekin Eynshteynning o‘ziga xos dunyosi, fikrlash usuli bor edi. Kun kelib u fizika bo‘yicha Nobel mukofotini olganida uning o‘qituvchilari tilini tishlagan bo‘lsalar, ajab emas.

Isaak Nyuton. Unga oilaviy fermani boshqarish vazifasi topshirilgan kundan boshlab mollar qirilib, bog‘lar quriy boshlagan, fermaning tez orada inqirozga yuz tutishi ayon bo‘lib qoladi. Isaakdan fermer chiqmasligini bilgan oila bo‘lajak olimni o‘qitishga ahd qilgan va shaharga jo‘natgan. Isaak Nyuton Kembrij universitetiga kirib, fizikani o‘zlashtira boshlagan. Olma esa uning boshiga anchadan keyin, daraxt tagida dam olayotganida tushgan.

Genri Ford. U ham bolaligidanoq taqdir zarbalarini tatib ko‘rgan. Genrining ota-onasi yoshligidayoq vafot etishgan va u qo‘shnilar qo‘lida voyaga yetgan. Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi inqirozga yuz tutgan. Ikkinchisini esa sheriklari bilan chiqisha olmaganligi sabab o‘zi tashlab ketgan. Uchinchi kompaniyada savdo ko‘lami past bo‘lgan. Ammo janob Genri bo‘sh kelmagan. Keyinchalik u amerikalik mashhur tadbirkorlardan biriga, “avtomobil sanoati otasi”ga aylangan.

Jeyms Dayson. Bu britaniyalik tinib-tinchimas odam eng yaxshi changyutkichni yaratish uchun 15 yil davomida roppa-rosa 5126 xil changyutgich namunasini yaratgan. Uni o‘z yurtida hech kim qo‘llamagan. Yaponiyalik sarmoyadorning yordami bilan u o‘zi istaganidek bekami-ko‘st changyutgichni yaratishga erishgan. Bugungi kunda jahonda aynan Dyson belgisi qo‘yilgan changyutgichlar eng qimmatbaho va xaridi chaqqon ekan. “Muvaffaqiyatni o‘rganib bo‘lmaydi, biroq muvaffaqiyatsizlik – katta bilim”, degan edi ixtirochi.

Joan Rouling. Nomi chiqmagan bu adibaning ishlari to‘satdan orqaga ketdi: ichkilikka mukkasidan ketgan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach, o‘zi va qizini boqish uchun yanada ko‘proq yozishi kerakligini tushunib yetadi. Tun pallasi, qizi uyquga ketgach u Garri Potter haqidagi ilk romanini yoza boshlaydi. Avvaliga 12 ta noshir rad etgan ushbu asar ayni paytda 80 ga yaqin tilga tarjima qilingan va muallifga 20 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ keltirgan. Hozir bu asar xalqaro darajada eng ko‘p sotiladigan kitoblar qatoridan joy olgan. Aytishlaricha, Rouling xonim kitob yozib milliarder bo‘lgan ilk yozuvchilardan.

Stiven King. Amerika va jahonning taniqli adiblaridan biri. Adib oila qurgach, iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kela boshlaydi. Yosh oilada telefon xarajatlarini qoplash uchun ham ortiqcha mablag‘ yo‘q edi. Uning moddiy jismlarga ta’sir o‘tkaza oluvchi qiz haqidagi “Kerri” nomli romani avvaliga o‘ziga ham yoqmaydi va adib uni axlat chelagiga tashlab yuborgan. Ammo bedor tunlari va mashaqqatlariga guvoh rafiqasi qo‘lyozmani topib olib, adibni asarni nashriyotga berishga ko‘ndirgan. Stiven Kingning 60 dan ziyod ilmiy-fantastik romanlari asosida yuzlab filmlar ishlangan, ulardan bir qanchasi Oskar mukofotini olgan. Adibni bugun tanimagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Kingning romanlari dunyoning turli tillarida 400 million nusxada chop etilgan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boy va muvaffaqiyatli bo‘lishimiz o‘tmishimizga bog‘liq emas.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  2. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  3. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  4. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  5. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  6. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →