ICT WEEK Uzbekistan 2026 ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 50 dan ortiq o‘zbekistonlik startapchini sahnaga taklif qilib, xalqaro investorlarga murojaat qildi.
🇺🇿 Vazir O‘zbekistonni “startaplar yurti”ga aylantirish maqsadini ta’kidlab, investorlarni mamlakatning yosh texnologik kompaniyalari rivojlanishining ilk bosqichidanoq ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lishga chaqirdi.
💬 “Bu startaplarning unicorn’ga aylanish ehtimoli juda yuqori. Ularga ilk bosqichda investitsiya kiritsangiz, kelajakdagi unicorn’larning investorlaridan biriga aylanishingiz mumkin”, — dedi Sherzod Shermatov.
🚀 Marosimda yangi Startup Base platformasiga rasman start berildi. Sherzod Shermatov va startap ekotizimi ishtirokchilari ramziy tugmani birgalikda bosib, platformani ishga tushirdi.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website


