Sherzod Shermatov ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligini ochib berdi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICT WEEK Uzbekistan 2026 ochilish marosimida nutq so‘zlab, tadbir ishtirokchilari va mehmonlarini qutladi.
Vazir ICT WEEK texnologiya sohasi vakillarini bir maydonda birlashtirib, erishilgan natijalarni sarhisob qilish, bugungi global o‘zgarishlarni muhokama qilish va kelgusi rejalarni belgilash uchun muhim platforma ekanini ta’kidladi.
💬 “Bugun butun dunyo sun’iy intellekt bilan bog‘liq kelajak qanday bo‘lishi haqida o‘ylamoqda. AI bizning hayotimiz va faoliyatimizni qanday o‘zgartiradi? O‘ylaymanki, bu ICT WEEK doirasidagi eng muhim muhokamalardan biri bo‘ladi”, — dedi Sherzod Shermatov.
U o‘z nutqida texnologik transformatsiya sharoitida inson kapitalining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy IT-ko‘nikmalarini rivojlantirish O‘zbekiston uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini qayd etdi.
Vazir, shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va biznes yuritish imkoniyatlariga to‘xtaldi.
💬 “Nega O‘zbekiston? Chunki biz biznes yuritish uchun qulay mamlakatmiz. IT Park rezidenti maqomini bir kun ichida olish mumkin. Biz kompaniyalar uchun bozorga kirishni imkon qadar osonlashtirish va ‘zero risk’ sharoitini yaratishga intilyapmiz”, — ta’kidladi vazir.
Sherzod Shermatov mamlakatdagi o‘sish faqat bitta yo‘nalish bilan cheklanmayotgani, turli sohalarni qamrab olayotganini ham qayd etdi.
💬 “Bu faqat bitta sektor bilan cheklanmaydi. O‘sish turli yo‘nalishlarda davom etmoqda va bu kelajakda O‘zbekistonga kirib, bu yerda o‘z biznesini rivojlantirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun katta imkoniyatlar ochadi”, — deya qayd etdi vazir.
ICT WEEK Uzbekistan 2026 davom etmoqda. Bizni kuzatib boring!
—
Sherzod Shermatov Opens ICT WEEK Uzbekistan 2026
Minister of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan Sherzod Shermatov delivered the opening remarks at ICT WEEK Uzbekistan 2026, welcoming participants and guests of the technology week.
The Minister highlighted ICT WEEK as an important platform bringing together technology stakeholders to review progress, discuss major global developments, and outline priorities for the future.
💬 “Today, everyone is thinking about what will happen with AI and how it is going to change what we do. I hope this will become one of the major discussions during ICT WEEK,” Sherzod Shermatov said.
In his remarks, the Minister emphasized the importance of human capital amid rapid technological transformation, highlighting Uzbekistan’s efforts to expand access to education and equip young people with in-demand IT skills.
He also focused on the conditions Uzbekistan is creating for international technology companies and businesses entering the market.
💬 “Why Uzbekistan? Because we are a very business-friendly country. IT Park member status can be obtained within one day. We are working to make market entry as easy as possible and create a ‘zero-risk’ environment for companies,” the Minister noted.
Sherzod Shermatov added that the country’s growth is not limited to a single industry but is taking place across multiple sectors.
💬 “This is not just about one sector. Growth is happening across different areas, and this is going to open up significant opportunities for companies that want to enter Uzbekistan and grow their business here,” the Minister noted.
ICT WEEK Uzbekistan 2026 continues. Follow us for more updates from the technology week!
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Post #1624
111
Forwarded from IT Park Uzbekistan



