TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.9K subscribers
Post #21743 1.16K
🇺🇿🇷🇸 Belgradda Uzbekistan Outsourcing Conference 2026 bo‘lib o‘tadi

25-noyabr kuni IT Park Uzbekistan tomonidan Serbiyaning Belgrad shahrida Uzbekistan Outsourcing Conference Belgrade 2026 tashkil etiladi.

Tadbir Serbiya biznes vakillari va texnologik kompaniyalarini O‘zbekistonning IT va outsourcing sohasidagi imkoniyatlari bilan tanishtirish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va xalqaro biznesni kengaytirishga qaratilgan.

Konferensiya davomida IT, BPO, GBS, GameDev, FinTech va boshqa sohalardagi hamkorlik imkoniyatlari, malakali kadrlardan foydalanish, biznesni rivojlantirish hamda xalqaro bozorlarga chiqish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tadbir kimlar uchun?
⏺ Xalqaro faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan outsourcing kompaniyalari;
⏺ Raqobatbardosh shartlarda malakali mutaxassislarni izlayotgan kompaniyalar;
⏺ IT, Customer Experience (CX), outsourcing, Creative Tech va AQSH logistika sohalari vakillari.


💬 Ishtirokchilar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi yangi biznes imkoniyatlari, IT Park rezidentlari uchun 0% soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Shuningdek, konferensiya doirasida amaliy keyslar, panel muhokamalari va B2B uchrashuvlar orqali potensial hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.

📆 25-noyabr, 2026-yil
📍 Metropol Palace mehmonxonasi, Bulevar kralja Aleksandra 69, Belgrad, 11000, Serbiya

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

—

🇺🇿🇷🇸 Uzbekistan Outsourcing Conference 2026 to Take Place in Belgrade

On November 25, IT Park Uzbekistan will host the Uzbekistan Outsourcing Conference Belgrade 2026 in Belgrade, Serbia.

The event will introduce Serbian business leaders and technology companies to Uzbekistan’s growing IT and outsourcing sector, fostering new partnerships and opportunities for international business expansion.

The conference will highlight cooperation opportunities across IT, BPO, GBS, GameDev, FinTech, and other industries, with a focus on accessing skilled talent, business growth, and international market expansion.

Who Should Attend?
⏺ Outsourcing companies looking to expand their international operations;
⏺ Businesses seeking skilled professionals at competitive rates;
⏺ Industry professionals from IT, Customer Experience (CX), outsourcing, Creative Tech, and US logistics.


💬 Participants will gain insights into emerging business opportunities between Uzbekistan and Serbia, 0% tax incentives for eligible IT Park members, and government-backed business support programs.

The program will also feature case studies, panel discussions, and B2B matchmaking sessions, providing opportunities to connect directly with potential partners and industry decision-makers.

📆 November 25, 2026
📍 Metropol Palace Hotel Belgrade, Bulevar kralja Aleksandra 69, Beograd 11000, Serbia

🔗 Register

Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • ❤ 2
More from @itpark_uz
  1. Oct 15, 2026🟢 IT Park Uzbekistan — Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 2026-yildagi eng yaxshi bilimlar…
  2. Oct 15, 2026🌍 O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tajribasi xalqaro hamkorlar e’tibo…
  3. Oct 14, 2026🇺🇿🇰🇷 FLY ASIA 2026: O‘zbekiston startaplari uchun yangi investitsiya va xalqaro bozor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →