TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.8K subscribers
Post #21725 1.27K
🇺🇿🇰🇷 FLY ASIA 2026: O‘zbekiston startaplari uchun yangi investitsiya va xalqaro bozor imkoniyatlari

IT Park Uzbekistan Janubiy Koreyaning Busan shahrida bo‘lib o‘tgan FLY ASIA 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston startap ekotizimi salohiyatini namoyish etdi.

Tadbir davomida Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq yetakchi IT va venchur kapital tashkilotlari, shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlar vakillari bilan investitsiyalarni jalb qilish, texnologik hamkorlikni kengaytirish va mahalliy startaplarning xorijiy bozorlarga chiqishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Asosiy natijalar:

🔹 Busan Startup Investment Agency (BSIA) bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum (MoU) imzolandi.

🔹 IT Park rezidenti Datagaze FLY ASIA Awards tanlovida ishtirok etib, xalqaro investorlarga o‘z texnologik yechimini taqdim etdi.

🔹 SkalePLUS bilan O‘zbek IT mahsulotlarini Koreya bozorida distributsiya qilish maqsadida ularning platformasi va hamkorlik tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🔹 Series Ventures va Headline Asia bilan O‘zbekiston startaplariga venchur investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔹 Indogen Capital bilan mahalliy kompaniyalarning Indoneziya bozoriga chiqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹 BCCEI bilan o‘zaro Soft Landing dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🔹 T-Hub, Startup Island, Turning Point MEA va InnoEx bilan Hindiston, Tayvan, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqish istiqbollari muhokama qilindi.


🤝 Shuningdek, AQSH, Yaponiya, Tailand, Mongoliya va Janubiy Koreya tashkilotlari hamda texnologik kompaniyalari bilan yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.

👉 Yanada batafsil: it-park.uz

—

🇺🇿🇰🇷 FLY ASIA 2026: New Investment and Global Market Opportunities for Uzbek Startups

IT Park Uzbekistan showcased the potential of Uzbekistan’s startup ecosystem at the FLY ASIA 2026 international exhibition held in Busan, South Korea.

During the event, IT Park Uzbekistan held discussions with representatives of more than 30 leading South Korean IT and venture capital organizations, as well as numerous international organizations, focusing on attracting investment, strengthening technology partnerships, and supporting Uzbek startups in entering foreign markets.

Key highlights:

🔹 A Memorandum of Understanding (MoU) was signed with the Busan Startup Investment Agency (BSIA) to strengthen cooperation.

🔹 Datagaze, a member of IT Park Uzbekistan, participated in the FLY ASIA Awards and presented its technology solution to international investors.

🔹 Opportunities to leverage SkalePLUS's platform and partner network to distribute Uzbek IT products in the Korean market were explored.

🔹 Discussions with Series Ventures and Headline Asia explored opportunities to attract venture capital investment to Uzbek startups.

🔹 Indogen Capital discussed potential support for Uzbek companies entering the Indonesian market.

🔹 An agreement was reached with BCCEI to launch reciprocal Soft Landing programs.

🔹 Meetings with T-Hub, Startup Island, Turning Point MEA, and InnoEx explored opportunities for expansion into India, Taiwan, the Middle East, and Southeast Asia.


🤝 Additional meetings were held with organizations and technology companies from the United States, Japan, Thailand, Mongolia, and South Korea to explore new partnerships and strengthen international business connections.

👉 Read more: outsource.gov.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • ❤ 2
  • 👍 1
More from @itpark_uz
  1. Oct 14, 2026Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan ta…
  2. Oct 14, 2026🇺🇿🇨🇳 Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda biznes ochish va texnologik hamkorlikni kengayt…
  3. Oct 14, 2026✨ ICT Week 2026: tadbir ichidan ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Hindistondan kelgan Har…
  4. Oct 14, 2026🎓 IT Park Uzbekistan va Inha universiteti ta’lim hamda IT sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →