TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.8K subscribers
Post #21717 1.14K
🇺🇿🇨🇳 Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda biznes ochish va texnologik hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

IT Park Uzbekistan Qianfan Tuohai Consulting Services (Shenzhen) Co., Ltd. delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar Xitoy texnologik kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi, yangi biznes yo‘nalishlarini rivojlantirishi va investitsiyaviy imkoniyatlarni o‘rganishga qaratildi.

Mingshang Technology Co., Ltd. va Shenzhen Jurui Cloud Control Technology Co., Ltd. O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Tomonlar kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ofis infratuzilmasi, xorijiy biznes uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, raqamli infratuzilma va ma’lumotlar markazlari yo‘nalishidagi istiqbollarni muhokama qildilar.


🤝 Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi “Khan Tengri Innovation Hub” tashabbusiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tashabbus Markaziy Osiyo texnologiya kompaniyalarining Xitoy bozoriga kirishi, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishi hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

👉 Xitoy kompaniyalari uchun O‘zbekistondagi imkoniyatlar va muzokaralar natijalari haqida batafsil saytimizda o‘qing.

—

🇺🇿🇨🇳 Chinese Tech Companies Explore Business Expansion and Technology Partnerships in Uzbekistan

IT Park Uzbekistan held a meeting with a delegation from Qianfan Tuohai Consulting Services (Shenzhen) Co., Ltd. Discussions focused on opportunities for Chinese technology companies to enter the Uzbek market, establish local operations, explore new business opportunities, and assess investment prospects.

Mingshang Technology Co., Ltd. and Shenzhen Jurui Cloud Control Technology Co., Ltd. expressed interest in establishing operations in Uzbekistan. The parties discussed company registration procedures, office infrastructure, support mechanisms for foreign businesses, and opportunities in digital infrastructure and data centers.


🤝 The meeting also highlighted the Khan Tengri Innovation Hub initiative, involving Uzbekistan and Kazakhstan. The initiative aims to support Central Asian technology companies in entering the Chinese market, building business connections, and expanding international cooperation.

👉 Learn more about the opportunities available to Chinese tech companies in Uzbekistan and the key outcomes of the discussions in the full article on our website.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • ❤ 3
More from @itpark_uz
  1. Oct 14, 2026🇺🇿🇰🇷 FLY ASIA 2026: O‘zbekiston startaplari uchun yangi investitsiya va xalqaro bozor…
  2. Oct 14, 2026Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan ta…
  3. Oct 14, 2026✨ ICT Week 2026: tadbir ichidan ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Hindistondan kelgan Har…
  4. Oct 14, 2026🎓 IT Park Uzbekistan va Inha universiteti ta’lim hamda IT sohasi o‘rtasidagi hamkorlikni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →