Termiz shahrida IT, biznes-jarayonlar autsorsingi (BPO) va logistika sohalarida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan biznes-lanch bo‘lib o‘tdi.
Ushbu formatdagi tadbir Termizda ilk bor tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir. Unda Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi hududlardan tashrif buyurgan logistika kompaniyalari egalari (owners) ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, mavjud muammolarni muhokama qilish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🤝 Uchrashuvda Bookit Group LLC, Noor Express, Rafer Cargo va SSMuz kompaniyalari vakillari qatnashdi. Muhokamalar davomida logistika sohasini raqamlashtirish, BPO xizmatlarini rivojlantirish, biznes jarayonlarini takomillashtirish hamda Termiz shahrining autsorsing salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ZeroRisk va Local2Global dasturlari taqdim etilib, kompaniyalar o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
📈
Uchrashuvning muhim natijalaridan biri —
Rafer Cargo
kompaniyasining Termiz shahrida rasmiy filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bo‘ldi.
🌐 Mazkur tashabbus hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy yoshlarni IT, BPO va logistika sohalariga jalb qilish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda hududlararo biznes hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Termizda ilk qadam — yangi hamkorliklar va yangi iqtisodiy imkoniyatlar sari!
Telegram | Instagram |




