🌐 Tashrif davomida mehmonlar Farg‘ona viloyatining IT salohiyati, biznes muhiti, startap ekotizimi va investitsiyaviy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
📍 Dastur doirasida mehmonlar Fergana Digital Hub hamda IT Park Fergana filialiga tashrif buyurib, hududda IT kompaniyalari va startaplar uchun yaratilgan infratuzilma, mavjud imkoniyatlar hamda biznes yuritish sharoitlari bilan tanishdilar.
🚀 Tashrifning muhim qismlaridan biri — Farg‘onada faoliyat yuritayotgan istiqbolli mahalliy startaplar bilan uchrashuvlar bo‘ldi.
Investorlar quyidagi loyihalar bilan tanishdilar:
🔹 Zynygram
🔹 Savat
🔹 AgroVet AI
🔹 Planner AI
🔹 UNQX
🔹 RastaPay
🔹 Mokchi Bola
🤝 Ushbu uchrashuvlar mahalliy startaplar uchun xalqaro investorlar bilan bevosita muloqot qilish, o‘z loyihalarini taqdim etish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.
Shuningdek, mehmonlar Yangi Marg‘ilon shahriga tashrif buyurib, Farg‘onaning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va an’anaviy kiyimlari bilan yaqindan tanishdilar.
📈 Farg‘onada o‘tkazilgan ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbir investorlar va biznes vakillarini mahalliy startaplar bilan birlashtirish bilan birga, viloyatning IT, startap va investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda keng namoyish etishga xizmat qildi.
—
✨ As part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, more than 30 foreign investors and over 10 compatriots visited Fergana
🌐 During the visit, the guests familiarized themselves with the IT potential, business environment, startup ecosystem, and investment opportunities of the Fergana region.
📍 As part of the program, the guests visited Fergana Digital Hub and the Fergana branch of IT Park, where they familiarized themselves with the infrastructure created for IT companies and startups, available opportunities, and business conditions in the region.
🚀One of the important parts of the visit was meetings with promising local startups operating in Fergana.
Investors got acquainted with the following projects:
🔹 Zynygram
🔹 Savat
🔹 AgroVet AI
🔹 Planner AI
🔹 UNQX
🔹 RastaPay
🔹 Mokchi Bola
🤝 These meetings provided local startups with an opportunity to communicate directly with international investors, present their projects, and discuss potential future cooperation.
Additionally, the guests visited Yangi Margilan, where they explored the rich cultural heritage, national traditions, and traditional clothing of Fergana.
📈 The ICT WEEK Uzbekistan 2026 event in Fergana brought together investors, business representatives, and local startups, while also contributing to the international promotion of the region’s IT, startup, and investment potential.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn


