TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21569 1.11K

Forwarded from IT Park Farg'ona filiali

🌐 ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida Farg‘onaga 30 dan ortiq xorijiy investorlar va 10 dan ortiq vatandoshlar tashrif buyurdi!

Tashrif davomida mehmonlar Farg‘ona viloyatining IT infratuzilmasi, biznes muhiti va mahalliy iqtidorlar salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

📍 Mehmonlar, xususan:
— Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan Fergana Digital Hub;
— A. Qodiriy ko‘chasidagi IT Park Fergana filiali;
— Yangi Marg‘ilon shahriga tashrif buyurdilar.

🏢 Fergana Digital Hub va IT Park Ferganada mehmonlarga xorijiy va mahalliy kompaniyalar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma, mavjud imkoniyatlar, imtiyozlar hamda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar taqdim etildi.

🚀 Tashrifning muhim qismlaridan biri — Farg‘onada faoliyat yuritayotgan istiqbolli mahalliy startaplar bilan uchrashuvlar bo‘ldi. Investorlar quyidagi loyihalar bilan tanishdilar:

• Zynygram
• Savat
• AgroVet AI
• Planner AI
• UNQX
• RastaPay
• Mokchi Bola

🤝 Ushbu uchrashuvlar mahalliy startaplar uchun xalqaro investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z loyihalarini taqdim etish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.

🏛 Tashrif davomida mehmonlar Yangi Marg‘ilon shahriga ham borib, Farg‘onaning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va an’anaviy kiyimlari bilan yaqindan tanishdilar.

📈 ICT Week Uzbekistan — bu nafaqat texnologiyalar, balki Farg‘onaning investitsiyaviy salohiyati, startap ekotizimi va madaniy imkoniyatlarini xalqaro maydonga olib chiqish uchun ham muhim platformadir.

#ICTWEEKUZBEKISTAN2026
#ICTWeekFergana #ITParkFergana #Fergana #Startups #Investments #DigitalHub

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • 🔥 4
  • 👏 1
More from @itpark_uz
  1. Oct 1, 2026👍 Xalqaro IT liderlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yangi imkoniyatlarni o‘rgandi ✨ "ICT…
  2. Oct 1, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Xorazmga 30 dan ortiq xorijiy investorlar hamda bizne…
  3. Oct 1, 2026🎓 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni Raqamli dunyo yangi imkoniyatlar sari intilar…
  4. Sep 30, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Farg‘onaga 30 dan ortiq xorijiy investorlar hamda 10…
  5. Sep 30, 2026🇵🇹 Nega Portugaliyadan kelgan startap O‘zbekiston hududlari bilan ishlamoqda? Portugaliy…
  6. Sep 30, 2026🇰🇷 Koreys tilini bepul o‘rganish uchun yangi imkoniyat! 📚 Raqamli texnologiyalar vazirl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →