TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #20977 1.78K
IT Park Uzbekistan va Science Technology Park Belgrade innovatsiyalar va startaplar sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan Ijrochi direktori Jahongir Radjabov Science Technology Park Belgrade direktori Marija Milić bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Serbiya innovatsion ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, texnologik kompaniyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki ekotizim vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘z faoliyati, startap ekotizimlari va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi. Science Technology Park Belgrade delegatsiyasi bilan kelgan ikki startap esa ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Shuningdek, texnoparkning 2026-yil oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga rejalashtirilgan biznes missiyasi va uni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuv sentabr oyida boshlangan muloqot va hamkorlikning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. 2-sentabr kuni IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Science Technology Park Belgrade’ga tashrif buyurib, texnopark faoliyati, uning infratuzilmasi hamda texnologik kompaniyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yondashuvlari bilan tanishgan edi.

👉 Batafsil: it-park.uz

🧭 O‘zbekiston startap ekotizimi va xalqaro bozorlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun @startupbaseuz’ni kuzatib boring.



IT Park Uzbekistan and Science Technology Park Belgrade are expanding their cooperation in the field of innovation and startups

As part of ICT WEEK Uzbekistan 2026, Executive Director of IT Park Uzbekistan Jakhongir Radjabov met with the Director of Science Technology Park Belgrade, Marija Milić.

During the meeting, discussions focused on developing ties between the innovation ecosystems of Uzbekistan and Serbia, supporting technology companies and startups, and expanding cooperation between representatives of the two ecosystems.

The parties delivered presentations on their activities, startup ecosystems, and available opportunities. Additionally, two startups that arrived with the Science Technology Park Belgrade delegation are participating in events as part of ICT WEEK Uzbekistan 2026.

They also discussed the Technopark's planned business mission to Uzbekistan in late October 2026 and issues related to its organization.

This meeting marked the next stage of the dialogue and cooperation that began in September. On September 2, a delegation from IT Park Uzbekistan visited Science Technology Park Belgrade to familiarize themselves with the technopark's activities, its infrastructure, and approaches to supporting technology companies and startups.

👉 Read more: outsource.gov.uz

🧭 For more insights into Uzbekistan’s startup ecosystem, international partnerships and new market opportunities, follow @startupbaseuz.


Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • ❤ 3
More from @itpark_uz
  1. Sep 22, 2026🇺🇿 O‘zbekiston ASOCIO a’zosiga aylandi! Startup & Venture Summit yakunida O‘zbekistonnin…
  2. Sep 22, 2026💸 IT Park Ventures oltita texnologik startapga yangi investitsiyalarni e’lon qildi 22-sen…
  3. Sep 22, 2026🔥 Headliner sahnada: Xulian Gilliam ma’ruzasi boshlandi 🎨 Kreativ founderlar davri: AI t…
  4. Sep 22, 2026✨ O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida raqamli texnologiyalar, startaplar va innovatsiyalar s…
  5. Sep 22, 2026🌐 Yangi Ipak yo‘li raqamli tus olmoqda Startup & Venture Summit doirasida Uzum’ning texno…
  6. Sep 22, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va Yaponiyaning 0→1Booster kompani…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →