TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #20945 1.38K
🎮 IT Park Uzbekistan va EAST GAMES kompaniyaning o‘sishi va GameDev ekotizimi rivojlanishini muhokama qildi

IT Park Uzbekistan Bosh direktori Azamat Karamatov IT Park Uzbekistan rezidenti EAST GAMES kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, kompaniyaning o‘sishi, O‘zbekistonda GameDev ekotizimini rivojlantirish va mahalliy studiyalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Muhokamada bir qator asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
🔹 EAST GAMES kompaniyasini yanada rivojlantirish, jumladan, yangi loyihalar, xalqaro miqyosda kengayish va eksport hajmini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish;

🔹 GameDev loyihalarini inkubatsiya va akseleratsiyadan tortib, bozorda sinab ko‘rish hamda noshirlar va investorlarga taqdim etishga tayyorlashgacha qo‘llab-quvvatlash;

🔹 mahalliy GameDev kompaniyalariga xalqaro bozorlarga chiqish, noshirlar va investorlar bilan aloqa o‘rnatish, shuningdek, global ko‘rgazmalar, konferensiyalar va biznes missiyalarida ishtirok etishda ko‘maklashish;

🔹 hududlarda GameDev infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish, istiqbolli jamoalarni aniqlash va ularni IT Park Uzbekistan qo‘llab-quvvatlash dasturlariga jalb qilish.


Uchrashuv davomida O‘zbekistonning GameDev ekotizimini mustahkamlash, mahalliy studiyalarning xalqaro miqyosdagi mavqein oshirish va O‘zbekistonda yaratilayotgan raqamli mahsulotlarning jahon bozorlariga chiqishi uchun yangi yo‘llarni ochishga qaratilgan hamkorlikning istiqboldagi imkoniyatlari belgilab olindi.

👉 Batafsil: it-park.uz

🧭 O‘zbekiston startap ekotizimi va xalqaro bozorlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun @startupbaseuz’ni kuzatib boring.



🎮 IT Park Uzbekistan and EAST GAMES Discuss Company Growth and GameDev Ecosystem Development

Azamat Karamatov, CEO of IT Park Uzbekistan, met with the leadership of EAST GAMES, an IT Park Uzbekistan member company, to discuss the company’s growth, the development of Uzbekistan’s GameDev ecosystem, and opportunities for local studios to expand into international markets.

The discussion focused on several key areas:
🔹 the further development of EAST GAMES, including exploring opportunities for new projects, international expansion, and export growth;

🔹 supporting GameDev projects from incubation and acceleration to market validation and preparation for publishers and investors;

🔹 helping local GameDev companies enter international markets, connect with publishers and investors, and participate in global exhibitions, conferences, and business missions;

🔹 exploring opportunities to develop GameDev infrastructure in the regions, identify promising teams, and engage them in IT Park Uzbekistan support programs.


The discussion outlined further opportunities for cooperation aimed at strengthening Uzbekistan’s GameDev ecosystem, increasing the international visibility of local studios, and creating new pathways for digital products developed in Uzbekistan to reach global markets.

👉 Read more: outsource.gov.uz

🧭 For more insights into Uzbekistan’s startup ecosystem, international partnerships and new market opportunities, follow @startupbaseuz.


Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 21, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Science Technology Park Belgrade innovatsiyalar va startaplar soha…
  2. Sep 21, 2026✨ IT Park Uzbekistan va ICPC Foundation ICPC World Finals musobaqasini O‘zbekistonda o‘tka…
  3. Sep 21, 2026✨ ICT WEEK 2026: SABRIYA spikerlari bilan tanishing Ayollarning raqamli tadbirkorlik, texn…
  4. Sep 21, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026: 1 KUN QOLDI 📌 ICT WEEK Uzbekistan 2026 dasturi bilan tanishin…
  5. Sep 21, 2026✨ ICT WEEK 2026: “The Japanese Market: Opportunities & Challenges” panel sessiyasi spikerl…
  6. Sep 21, 2026✨ Uzbek-Japan Digital Community Forum spikerlari bilan tanishing O‘zbekiston–Yaponiya texn…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →