💚 Farg‘ona, IT Community Education trenerlari bilan tanishing
Farg‘onadagi mashg‘ulotlarni Farangiza Kenjayeva va Dildoraxon Sotvoldiyeva olib boradi.
Farangiza Kenjayeva — kompyuter fanlari o‘qituvchisi. Turli yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlagan, IT to‘garaklarini boshqargan hamda yoshlarni tanlov va xakatonlarga tayyorlagan.
Dildoraxon Sotvoldiyeva — TATU Farg‘ona filiali katta o‘qituvchisi va doktorant-tadqiqotchisi. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili yo‘nalishida faoliyat yuritadi.
The Nippon Foundation hamkorligida amalga oshirilayotgan dastur yoshlar, talabalar va xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan. 24 ta amaliy mashg‘ulot davomida raqamli savodxonlik, internet xavfsizligi, Google Workspace, bulutli texnologiyalar, AI yordamida kontent yaratish, frilans va masofadan ishlash mavzulari o‘rgatiladi.
Ochilish marosimida kurs haqida batafsil ma’lumot olishingiz hamda trenerlar bilan tanishishingiz mumkin.
👉 Ro‘yxatdan o‘ting va botda Farg‘ona shahrini tanlang:
https://t.me/itcomuzbot
🗓 26-sentyabr (shanba)
⏰ 11:00
📍 Farg‘ona davlat universiteti (Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy)
Ishtirok bepul. Tadbir o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
Post #3320
529

- 🔥 8
- ❤ 6
- 🤩 4
- 👍 1
- 🕊 1
- 🐳 1