➡️▶️◀️🆗⬅️
20-sentyabr kuni IT Community of Uzbekistan Navoiy shahrida Roadshow tadbirini tashkil etdi. Profi Universitetida o‘tkazilgan tadbir qariyb 100 nafar ishtirokchini bir joyga jamladi. Tadbirda qatnashish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Zarafshondan kelgan ishtirokchilar uchun bepul transport tashkil etildi.
Kun davomida spikerlar IT sohasida karyera qurish, startaplarni rivojlantirish, frilans va professional rivojlanish uchun AIdan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar spikerlarga savollar berish, professional aloqalarini kengaytirish, kofe-breyklarda suhbatlashish hamda interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, sovrinlar yutish imkoniga ega bo‘ldi.
💚 Qimmatli bilim va tajribalarini ulashgan spikerlarimizga minnatdorchilik bildiramiz: Shavkat Karimov, Amir Hotami, Maftuna Berkimbaeva, Azam Umarov, Shukhrat Mirzaev, Olimbek Nizomov, Dilafruz Khidoyatova, Nozima Sharifova, Azizbek Kurbonov va Kamilla Beknazarova.
🤝 Qo‘llab-quvvatlagan homiylarimizga rahmat: Uzum, Huawei, UZCARD, Free.UZ va EPAM. Shuningdek, hamkorlarimiz School 21, Women in Tech, OLX va Profi Universitetiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
💚LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
Post #3300
557










- ❤ 4
- 🔥 3
- 👌 1