TGViewer
Channel Public Channel
Islombek.dev

Islombek.dev

@islombekdev

Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Subscribers
435
Photos
159
Videos
21
Links
162

Showing posts older than #232 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #231 750
Haqiqiy do’st - Allohning ne’mati

Bir-biriga muvaffiqaytini ulashganda, huddi o’zi erishgandek hursand bo’ladi, hasad qilmaydi.

Xafagarchilik vaqtida esa sening muammolaringa u ham mahzun bo’ladi.

Muvaffaqiyatingni ulasha olganing kabi, muammolaringni ham ayta olasan. Seni tushunadi, kulmaydi, yechim beradi.

Fikrlaring bir joydan chiqadi. Mobodo qaysidir kichik mavzularda qarama-qarshi fikring bo’lsa uni ham hurmat qiladi.

Xatolaringni o’zinga yetkizib, go’zal holatda tushuntiradi. Sen ham xatolarini aytsang, kibr qilmay eshitib, amal qiladi.

Eng muhimi u do’stingni qaysidir dunyo matohi, bo’y-basti, chiroyi yoki shu kabi materialistik narsalar uchun emas, Alloh uchun yaxshi ko’rasan.

Sizni ham shunday do’st/laringiz bormi?

@islombekdev
  • 👍 9
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #230 1.19K
Qaysi mobil ilova orqali qancha miqdorda kommisiyasiz pul o'tkazish mumkin?

@islombekdev
  • 👍 6
Post #228 617

Forwarded from Kechagidan yaxshiroq

Hayrli tong!

Vazn olish uchun foydali, mazali va judayam tez tayyor bo'ladigan nonushta retsepti.

100-150 gram ovsyanka,
300ml~ sut (qattiqroq bo'lib qolsa yana qo'shin),
Bir dona banan,
Ta'bga ko'ra qora shokolad,
Va yoniga oddiygina qatiq.

@kechagidan_yaxshiroq
  • ⚡ 3
  • 👍 3
  • 🔥 2
Post #226 869
Dasturlashni zamonaviy sayt orqali o'rganing!

Bugun sizlarga taqdim etmoqchi bo'lgan ajoyib saytlardan biri - bu Exercism.org

Ushbu sayt orqali 59 dan ortiq dasturlash tillarini 100% bepul holda qiziqarli masalalar ishlash orqali o'rganishingiz va hatto mentorlik qilishingiz ham mumkin.

JS, TS, Go, Rust, C#, Kotlin kabi zamonaviy tillar va hattoki PHP bo'yicha ham track mavjud 😅

Shaxsiy fikrimcha dasturlashni o'rganish uchun eng yaxshi, zamonaviy saytlardan biri hisoblanadi.

ℹ️ Link: Exercism.org

@islombekdev
  • 👍 4
  • 🔥 2
Post #225 1.31K
Islomga xizmat qilmoqchiman, ummatning ahvolini ko‘rib yuragim yonib ketyapti, deb turib, keyin din uchun xizmat qilish maqsadida o‘zining ustida ishlamasa, o‘zini qurish uchun kunidan muayyan bir vaqtni ajratmasa, u odam gapining qiymati yo‘q, quruq safsatachi, bir battol xolos.

Sulton al Umayriy

@islombekdev
  • 👍 25
  • 🔥 3
  • ⚡ 1
  • 💯 1
Post #224 1.18K
ChatGPT akkount bo'yicha muammolar chiqayotgan bo'lsa buni ishlatishingiz mumkin:

🔗 https://chat.gpt.bz

O'zim https://chat.openai.com va tepadagini anchadan beri ishlatyabman, deyarli hech qanday farqi yo'q, balki u birmuncha yaxshiroqdek tuyuldi.

Buni GPT4 deyishyapti, lekin o'zidan so'rasam: "Yo'g'e aka, ChatGPT 3.5 man" dedi 🤷‍♂️

"Olaveringlar, ustoz shunaqa sahiy inson 🙄"

@islombekdev
  • 😁 4
  • 👍 3
  • 👎 1
Post #223 697
Men uchun Ustozationni foydali videolaridan eng yaxshisi.

@islombekdev
  • 🔥 9
  • 👍 1
  • 😢 1
Post #222 621
First do it, then do it right, then do it better.

Addy Osmani

@islombekdev
  • 👍 6
  • ⚡ 3
Post #220 467

Forwarded from Saidolim Djuraev

Tosh otmasdan fikr bildirishg kelishdik shekilli. Shuni ushlab qolilik.

O’zimda bo’lgan voqea va statistika:

2020 yil Internship dasturi ochdik. Amaliyot uchun joy tayyorladik. Seniorimizni mentor qildik. (Rostakam senior, Software Architech edi).

Amaliyot uchun o’quv kursi yoki universitetni tugatgan bollar kelishdi. Ularni suhbat qilib oldik.

1-2 oy ish o’rganib, qo’lidan ish kelishni boshlaganida $100 stipendiya berdik.

3-4 oy ishlaganidan keyin $300-$400 oylik berishni boshladik.

Natija:
1. Ishlatish uchun albatta kimdur tepasida turishi kerak. Mustaqil ish qila olmaydi. (Demak hali Junior ham emas)
2. Boshqa joylarga suhbatga borganda o’ta olgani ishni tashlab, u yerga o’tib ketdi. Ogohlantirishsi. (Odatda 2-3 oy oldin ketishini etishi kerak odam)

Suhbatga kelgan odamlar: 30 ta
Suhbatda o’tgan: 12 ta
Stipendiyaga yetib borganlar: 6 ta
Oylikka o’tganlar: 4 ta
1 yildan keyin ishda qolganlar: 0 ta
Sarflangan investitsiya: ~$30,000
Olingan foyda: ~$5,000

Shunaqa pul tikishga rozi kompaniyalar ko’paysa edi. Amaliyot tekin bo’lardi.

Faqat o’rgangan odam mas’uliyatini oshirmasak, tekin mi, pullik mi, foydasi yoq.
  • 👍 6
Post #218 661
وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ

Sеn hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan g‘ofil, dеb gumon qilma. Faqatgina ularni ko‘zlar qotib qoladigan kungacha qo‘yib qo‘yadi, xolos.

Ibrohim surasi 42 - oyat
  • 👍 17
  • 🔥 3
  • ⚡ 1
Post #217 671
O‘rta hol aholi kamayib ketayapti, o‘rta sinf kichiklashyapti. Bir tarafda boy, zabardast, ijodkor qatlam, boshqa bir tarafda biroz kasalmand, semizroq, smartfon, ovqat, internetga giyohvand kabi bog‘langan, oddiy ish bilan kun kechiradigan aholi. Bularning farqi ayni shu o‘zini majburlash yo majburlay olmaslikda, konsentratsiya va e’tiborni jamlashda.

© Bobir Ismoilov

@islombekdev
  • 👍 6
  • ⚡ 1
Post #215 1.1K
​​Dasturlash oson emas

Bo'lib ham har bir developerni hayotida yomon kunlari bo'ladi.

Bir-ikkita kichkina muammoni hal qila olmasangiz bu sizni yomon developer ekanligingizni bildirmaydi.

Miyangizga dam bering. Tashqariga chiqing, coffee iching, yaqinlaringiz bilan gaplashing va keyin miyangiz ancha yengillagan holda kelasiz.

Siz robot emassiz, kerakli paytda miyaga va tanamizga dam bera olishimiz kerak. Shundagina biz xohlagandek ishlab beradi :)

@islombekdev
  • 👍 10
  • 🔥 2
  • 😁 1
Post #213 978
- Please don't google the answer
- Yes, I am using ChatGPT

P.S Don't try at home interview

#it_humour

@islombekdev
  • 😁 15
  • 🤣 2
  • 🌚 1
Post #212 738
Bu narsani ishlatib ko'rishingiz kerak

Cursor - bu huddi VS Codeni AI bilan integratsiya qilingan varianti ekan.

Boshlanishi bilan github akkountim orqali avtomatik o'zimni VS Codeimdagi barcha extension, temalarni qo'shib berdi.

Rasmdagi misolda koddagi bir qatorga kelib, ctrl + k tugmalarini bosib, oddiygina ikkita raqamni bir-biriga qo'shuvchi funksiya yozib berishini so'radim va natijani ko'rib turibsiz.

ctrl + y orqali kodni qabul qilishim
ctrl + n orqali esa qabul qilmasligim mumkin.

Hozircha taasurotlar juda ham yaxshi.

🔗 Cursor dasturiga havola

@islomdekdev
  • 👍 4
  • 🔥 2
Post #211 689
​​Eshiting 🎧

Alloh bizga bergan eng ajoyib ne'matlardan biri - bu albatta eshitishdir. Eng yaxshi joyi shuki, eshitish uchun siz ishlaringizdan qolib to'liq 100% o'zingizni bag'ishlashingiz shart emas.

Ko'chadamisiz, yo'lda tirbandlikda, sport zalda mashq qilyabsizmi, uzoq safarga yo'ldamisiz, biror yumushingizni bajaryabsizmi hullas bularni barchasini bemalol biror foydali narsa eshitib bajarishingiz mumkin. Ko'pchiligimiz manashunday joylarda shunchaki vaqtini bekorchi narsalarga yoki hech narsaga sarf qilmoqdamiz

Eshitish uchun tavsiya qilaman:

- Qur'on;
- Foydali podkastlar;
- Audio kitoblar;
- Maruzalar (diniy, dunyoviy);
- Ba'zi videolarni shunchaki audio qilib eshitib yurishingiz ham mumkin.

Doimiy eshitish odatini o'zingizda shakklantirganingizda: "Nega bunday ajoyib imkoniyatdan shu paytgacha foydalanmagan ekanmana?" deb qolasiz :)

Imkoningiz bo'lsa chet tillarida eshitsangiz juda ham ko'p foydali ma'lumotlar topasiz ammo so'ngi kunlarda O'zbek tilida ham yaxshi ma'lumotlar ko'payyapti.

🔥Ishoning, eshitish orqali juda ham ko'p narsalar o'rgansangiz bo'ladi!

@islombekdev
  • 👍 15
Post #209 602
Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng yaxshi vaqt esa — hozir.

Xitoy xalq maqoli

Aytgancha, agar kitoblardan shu kabi qiziq joylarini o'qimoqchi bo'lsangiz @mutolaadan kanalini tavsiya qilaman

#reklamaga_bir_tiyin_omadim_hate_qilmanglar

@islombekdev
  • 👍 14
Post #208 767
Aktyor bo'lging kelsayu ota-onang dasturchilikni majburlab tanlatsa:

@islombekdev
  • 🤣 27
  • 😁 4
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →